Shivit oshi (Xorazmcha lagʻmon, yashil lagʻmon) — Lagʻmon turlaridan biri. Manbalarga koʻra Xivada paydo boʻlgan. Xorazmning barcha tumanlarida tayyorlanadi. Ugrasi shivit bilan aralashtirilishi natijasida och yashil tusga kiradi. Goʻshtli qayla va suzma bilan dasturxonga tortiladi. Mineral tuzlarga va vitaminlarga boy boʻlganligi uchun yozning jazirama issiq kunlarida isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Taomning tayyorlash usuli 1958-yilda Toshkentga ko‘chib kelgan xivalik oshpaz Rajab Sattarov tufayli ma‘lum bo‘lgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Oʻzbek oshxonasi