Hakim Termiziy jomeʼ masjidi () – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi masjid.
Tarixi 2017-yil 10-11-fevral kunlari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Termiz shahrida yangi masjid loyihasi bilan tanishib, qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar bergan.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, masjid „Surxon ipagi“ mas’uliyati cheklangan jamiyati buyurtmasiga asosan „Profgrupp“ MCHJ tomonidan barpo etilganhttps://kun.uz/uz/news/2019/05/25/termizda-hakim-termiziy-nomidagi-jome-masjidi-ochildi,12:44 / 25.05.2019.
2019-yil 24-may kuni Termiz shahrida Hakim Termiziy nomidagi masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtdihttp://old.muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/14836,24-may 2019-yil,Muslim.uz.
Masjid milliy va zamonaviy meʼmorchilik yechimlari asosida qurilgan. Yonida balandligi 41,5 metrli ikki minora va 22 metrli gumbaz mavjud. Masjid 2 250 dan ortiq musulmonlarning ibodatini bajarish imkonini beradigan xonaqohga ega.
Masjid viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan va barcha zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Masjidning yonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan qurilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylashgan.
Masjiddan uncha uzoq boʻlmagan masofada Termiziy meʼmoriy majmui joylashgan boʻlib, u Hakim Termiziy nomi bilan bogʻlangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Termiz masjidlari