Usharal () — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Talas tumaniga qarashli qishloq. Usharal qishloq okrugining maʼmuriy markazi. KATO kodi — 316247100. Geografiyasi Usharal qishlogʻidan 30 km gʻarbda Talas vodiysining quyi oqimida qadimiy shahar-qoʻrgʻon Oqkesene joylashgan. Aholisi 1999-yilda qishloq aholisi 1946 kishini (1042 erkak va 904 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra qishloqda 1056 kishi (550 erkak va 506 ayol) yashagan. Mahalliy aholi orasidan chiqqan taniqli shaxslar Gubashev Sharafiy Gubashevich (1913—1985) — Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Sagintaev, Abdir (1921—1986) — Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Sagintayev, Bakitjan Abdirovich (1963-yilda tug‘ilgan) — Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri. Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston qishloqlari Turkum:Talas tumani aholi punktlari (Jambul viloyati)