Mavlono Abdulvahob II (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan isfaroyinlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qalandarsifat kishi ekanligi, lekin yaxshi tabʼi borligini aytib, avval Sabzavorda, soʻng Isfaroyinda qozilik qilgani, keyinroq Astarobodga joʻnatilganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da Xusrav Dehlaviyning “Daryoi abror” qasidasiga javoban yozgan sheʼridan quyidagi matlaʼ keltirilgan:In kuhan avroqi gardun, k-ash zi anjum zevar ast,

Koʻhna tarixi base shohoni anjumlashkar ast.

(Mazmuni: Yulduzlar bilan bezangan bu falakning eski varaqlari yulduzlarday qoʻshinga ega boʻlgan koʻp shohlarning koʻhna tarixidir). Mavlono Abdulvahob Astarobodda vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik