Aleksandr Stanislavovich Gridyushko (; 1961-yil 28-yanvar, Vitebsk, Belorussiya SSR, SSSR — 1998-yil 13-noyabr, Rechitsa, Belarus) — sovet va belarus futbolchisi, hujumchi.

Futbolchilik faoliyati Aleksandr Belarusning Vitebsk shahrida tugʻilgan. Vitebsk „Qizil bayroq“ yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchis va uning birinchi murabbiyi Alim Matviyovich Xirshin boʻlgan. U oʻz faoliyatini 1979-yilda mahalliy „Dvina“ jamoasida boshlagan va klubi bilan deyarli uch mavsum toʻp surgan. 1981-yil oxirida Sobiq Ittifoqning eng kuchli jamolaridan biri Moskvaning „Spartak“ jamoasi safiga oʻtdi. Jamoada kuchgli raqobat tufayli oʻrinbosarlar jamoasi safida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U keyingi mavsumni Leningradning „Zenit“ jamoasida boshladi. Birinchi davrada „Spartak-M“ga qarshi birinchi bo‘limni o‘tkazdi. Ikkinchi davrada Moskva „Dinamo“siga qarshi o‘yinda ham tanaffusdan so‘ng almashtirildi. Zenit jamoasi safida ham asosiy tarkibdagi kuchli raqobat tufayli u „Gomselmash“ jamoasiga mavsumning ikkinchi yarmini oʻtdi. Keyingi mavsumda yana „Zenit“da ish boshladi. Birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Dvinaga qaytdi va 1985-yilda Vityaz jamoasida toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Gridyushko 1987-yilgi mavsumning birinchi yarmini SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston klubi, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazdi. Paxtakor jamoasi safida uzoq toʻp surmadi. Mavsumning ikkinchi yarmida „Kolxeti“ jamoasi safiga oʻtdi. 1987—1988-yillarda 9 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1988-yilda KIM nomli birinchi jamoasi safiga oʻtdi.

1989-yilni Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻtkazdi. Lochinlar safida ancha sermahsul oʻyin nomyish etdi va3 8 oʻyinda 10 ta gol muallifiga aylandi. 1990-yilda yana KIMga qaytdi — ikki yil ichida 68 oʻyin oʻtkazdi, 27 gol urdi, 1992-yilgi mavsumni ikkinchi jamoada oʻtkazdi. 1993-yilda Gridyushko Finlandiyada „Pallo-Kero 37“ va RoPS Rovaniemi klublarida oʻynadi. 1994—1995-yillarda Ukrainaning „Zarya-MALS“ klubi tarkibida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi. U yerda oʻzining reaksiyasi, bosh bilan zarbasi, ajoyib oʻyinlari bilan yodda qoldi. Keyingi ikki mavsumda Rossiyaning ikkinchi ligasida Novotroitskning „Nosta“ va Borovskning „Industriya“ klublarida oʻynadi. 1997-yilda Belarusga qaytib keldi. „Lida“da 1,5 mavsumni, qolganini „Vedrich-97“da oʻtkazdi. 1998-yil 13-noyabrda vafot etdi.

Yutuqlar

Belarus chempionatining birinchi ligasi gʻolibi (1) : 1998-yil Belarus chempionati birinchi ligasining bronza medali sovrindori (1) : 1997-yil SSSR chempionati ikkinchi ligasining 7-zonasi kumush medali sovrindori (1) : 1989-yil SSSR chempionati ikkinchi ligasining 9-zonasi bronza medali sovrindori (1) : 1987-yil SSSR chempionati ikkinchi quyi ligasining 6-zonasi kumush medali sovrindori (1) : 1990-yil

Manbalar

Havolalar

UAF rasmiy saytida Ukrainadagi chiqishlar statistikasi FootballFacts.ru saytidagi futbolchi profili Allplayers.in.ua saytidagi futbolchining oʻyinlari statistikasi „Lugansk. Bizning futbol“. 2016-yil 4-mart uchun asl nusxa arxivi

Turkum:28-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:13-noyabrda vafot etganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Gomel futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Vitebsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:FC Kolkheti-1913 Poti futbolchilari Turkum:FK Vitebsk-2 futbolchilari Turkum:Rovaniemen Palloseura futbolchilari Turkum:FK PK-37 futbolchilari Turkum:FC Zorya Lugansk futbolchilari Turkum:FC Nosta Novotroitsk futbolchilari Turkum:FK Obninsk futbolchilari Turkum:FC Lida futbolchilari Turkum:FC Rechitsa-2014 futbolchilari