Yakkasaroy mahallasi (S.Mirahmedov koʻchasi, 141) – Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Qushbegi, Yakkasaroy-2, Toʻqimachi mahallalari bilan chegaradosh. Oʻtmishda (18-19 asrlarda) Karvonsaroy deb atalgan. Boshqa shahar, yurtlardan kelgan savdo karvonlari shu hududda toʻxtab oʻtgan va Beshyogʻoch darvozasidan kirib shaharda savdo sotiq qilgan. 1991—1992-yillarda Yakkasaroy nomi berilgan. Aholisi 4 350 kishi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 40 ta koʻp qavatli uy, 2 ta bolalar bogʻchasi, oʻrta maktab, tuman soliq inspeksiyasi, prokraturasi, 2 ta shifoxona, 4 ta kafe, 2 ta aloqa boʻlimi, novvoyxona, oshxona, oziq-ovqat doʻkoni, dorixonalar, Fozilota qabristoni mavjud. Mahallada Oʻzbekiston xalq hofizi Orif Alimahsumov yashab oʻtgan.
Manbalar
Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar