Konstitutsiya mahallasi (Mirshoxid Miroqilov koʻchasi, 43) – Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Turkiston, Bobur, Tepa, Yunus Rajabiy mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla 1920-yillarda „Guberbogʻ“, „Rakat“, „Turkiston“ kabi nomlar bilan atalgan, keyinchalik „Konstitutsiya“ nomi berilgan (1991).

Aholisi 3 100 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzqurilish materiallari, Oʻzyengilsanoat aksiyadorlik kompaniyalari, Doʻstlik bogʻi, akademik litsey, 2 ta restoran, 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, 10 dan ortiq oshxona bor.

Mahalla guzarida Ramz Bobojon nomi bilan ataluvchi kutubxona ochilgan (2003).

Manbalar

Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar