(Abu Abdulloh) Muhammad ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn al-Husayn ibn Ali ibn Yaʼqub al-Marvaziy az-Zog‘uliy (hijriy 472-yil (milodiy 1080-yil)da tugʻilib, hijriy 559-yil jumaduloxirning 12-sanasi (milodiy 1164-yil)da olamdan ko‘z yumgan) — muhaddis, hofiz, mufassir, tilshunos va faqih bo‘lgan. Marvarruzdagi Panjdeh tarkibiga kiruvchi Zog‘ul qishlog‘ida tavallud topgan. Marvda yashab, o‘sha yerda shuhrat qozongan. Hadislar jamlagan va ularni tasnif qilgan. Ko‘p yozgan, Hirotga borgan.

Asarlari

„Qaydu-l-avobid fi-t-tafsir va-l-hadisva-l-fiqh va-l-lug‘at“ („Tafsir, hadis, fiqh va tilshunoslikka oid hayratomuz holatlar qaydi“) — 400jild.

Manbalar