(DAB, ; ) – Afgʻoniston markaziy banki. Mamlakatdagi barcha banklar faoliyati va pul muomalasini tartibga soladi. 1939-yilda tashkil etilgan bank toʻliq davlat banki hisoblanadi. DAB moliyaviy inklyuzivlikni ragʻbatlantirish siyosatini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi va Moliyaviy inklyuzivlik ittifoqi aʼzosi.

Hozirda Da Afgʻoniston bankining butun mamlakat boʻylab 52 ta filiali mavjud boʻlib, ulardan yettitasi Kobulda joylashgan. Bosh qarorgohi ham Kobulda. 2023-yil dekabr holatiga koʻra, individual bank mijozlari haftasiga 70 000 afgʻonidan (1 000 AQSh dollari) ortiq mablagʻni yechib olishlari mumkin emas.

Tarixi 1918—1936-yillarda Afgʻoniston Gʻaznachiligi pul birligini dastlab – rupiyada, 1926-yil boshlab afgʻonida emissiya qila boshladi. 1933-yilda mamlakatda birinchi bank Afgʻoniston Milliy banki tashkil etilib, 1935-yildan banknotlarni muomalaga chiqara boshladi. 1939-yilda Da Afgʻoniston banki tashkil etildi. Ayni yildan bank banknotlarni emissiya qilishni boshladi.

Bank muhri Da Afgʻoniston bankining muhri tepasida pushtu tilida bank nomi, pastida esa lotin yozuvida, bank tashkil etilgan 1939-yil hamda Yevkratid I davriga oid tanga „Buyuk qirol Yevkratidga tegishli“ deb tarjima qilinuvchi „“ yunoncha matn tasvirlangan.

Vazifasi DABning asosiy vazifalari: Afgʻonistonning pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish. Afgʻonistonning rasmiy valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish. Afgʻoni banknotlari va tangalarini chop etish va emissiya qilish. Davlatning bankiri, maslahatchi va fiskal agenti sifatida harakat qilish. Banklarni, valyuta dilerlarini, pul xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlarni, toʻlov tizimlari operatorlarini, qimmatli qogʻozlar xizmatlarini yetkazib beruvchilarni, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish tizimi operatorlarini litsenziyalash, tartibga solish va nazorat qilish. Toʻlovlar, davlat yoki DAB tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish, toʻlov operatsiyalari va bunday qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirishning ishonchli va samarali tizimlarini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish. Afgʻonistonda ishlashni istovchi xorijiy banklarning arizalarini qabul qilish.

Oliy Kengashi 2021-yil iyul holatiga koʻra DAB Oliy Kengashi quyidagi aʼzolardan iborat edi:

Ajmal Ahmadiy, Bank raisi va Oliy Kengash raisi vazifasini bajaruvchi Doktor Shoh Muhammad Mehrobiy – aʼzo Katrin Faqiriy – aʼzo Abdulvakil Muntazir – aʼzo Muhammad Naim Azimiy – aʼzo

2021-yil avgustida Afgʻoniston Islom Respublikasi parchalangani sababli Oliy Kengashning hozirgi holati nomaʼlum.

Raislari Habibulla Mali Achikzay, 1954–1960 Abdulhay Aziziy, 1960–1975 Muhammad Hakimxon, 1975–1980 Gʻulom Husayn Jujoniy, 1980–1982 Mehrobiddin Paktiaval, 1982–1985 Abdulbasir Ranjbar, 1985–1988 Muhammad Kabir, 1988–1990 Xalil Sodiq, 1990–1991 Abdulvahob Asefiy, ?–1991–? Najibulloh Sahu, ?–1992–? Zabihulloh Eltezam, ?–1993 Gʻulom Muhammad Yaylaqiy, 1993 Muhammad Hakimxon, 1993–1995 Ehsonulloh Ehson, Tolibon davrida, 1996–1997 Abdulsamad Soniy, Tolibon davrida, 1997-? Muhammad Ahmadiy, Tolibon davrida, ?–2001 Anvar ul-Haq Ahadiy, 2002–2004 Nurulloh Delvariy, 2004–2007 Abdulqodir Fitrat, 2007–2011 Nurulloh Delvariy, 2011–2014 Xon Afzal Hadaval, vazifasini bajarauvchi, 2014–2015 Xalil Sodiq, 2015–2019 Vohidulloh Noshir, vazifasini bajaruvchi, 2019–2019 Ajmal Ahmadiy, vazifasini bajaruvchi, 2019–2021 Hoji Muhammad Idris, Tolibon davrida, 2021-yil avgust – 2021-yil oktyabr Shokir Jaloliy, Tolibon davrida, 2021-yil oktyabr – hozirgi kungacha Hidoyatullo Badriy, v.b., 2023-yil martdan boshlab

AQShdagi aktivlarni musodara qilish DAB Nyu-York Federal zaxira bankida saqlanadigan 7 milliard dollarga yaqin aktivlarga egalik qilardi. 2021-yilda Tolibon hokimiyatni egallab olganidan soʻng, 11-sentabr hujumlari qurbonlarining 150 ga yaqin qarindoshlaridan iborat guruh Nyu-York janubiy okrugi uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari okrug sudidan „Havlish Bin Ladenga qarshi“ ishi boʻyicha ushbu aktivlar hozirda qonuniy ravishda Tolibonga tegishli ekanligi va shu sababli 11 sentabr qurbonlari oilalariga zararni toʻlash uchun ishlatishni talab qildilar. Muhokamalardan soʻng, Bayden maʼmuriyati ushbu talabni bajarib, aktivlarni ikkiga boʻldi, ulardan biri daʼvogarlarga potentsial zarar sifatida ajratiladi, ikkinchisi esa „afgʻon xalqining ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash“ deb nomlangan, Tolibon hukumatining ularga kirishi taqiqlangan maqsadli jamgʻarmani tashkil etish uchun ishlatiladi. 2022-yil 26-avgustda sudya zararni toʻlamaslikni tavsiya qildi, chunki bank „yurisdiksiyadan immunitetga ega“ va bu harakat Tolibonni Afgʻonistonning qonuniy hukumati sifatida „tan olish sanaladi“.

Yana qarang Afgʻoni Afgʻoniston iqtisodiyoti Markaziy banklar roʻyxati

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Afgʻoniston

Turkum:1939-yilda tashkil etilgan banklar