Vsauce – oʻqituvchi Michael Stevens tomonidan yaratilgan YouTube kanal. Kanallarda ilmiy, psixologik, matematik va falsafiy mavzular, shuningdek, oʻyinlar, texnologiya, ommaviy madaniyat va boshqa umumiy qiziqishlarga oid videolar taqdim etiladi*.

Tarixi 2010-yil 17-aprelda Michael Stevens asosiy Vsauce kanalini ishga tushirdiVsauce is 11 years old today!! Apr 16, 2021. Vsauce kanalidagi LÜTning 18-qismiga koʻra, „Vsauce“ nomi „Fake Name Generator“ deb nomlangan veb-sayt generator qismidan foydalangan holda yaratilgan"Make Your Cat a DJ – and more! LÜT #18". Vsauce. YouTube. Retrieved July 24, 2013. Stevens Vsauce.com soxta veb-saytini yaratgandan soʻng, uni roʻyxatdan oʻtkazdi va videolarni yuklashni boshladi. Dastlab, kanaldagi videolar videooʻyinlarga qaratilgan boʻlib, loyihada bir qancha boshlovchilar bor edi. Biroq, IMG! kabi baʼzi segmentlarning bozori sekin-asta tusha boshlagandan soʻng loyihada Stevensning oʻzi qoladi . Keyin kanal axborot va onlayn tadbirlar aralashmasiga aylandi va faqat taʼlim boʻlimlari paydo boʻldi. Taʼlim segmentlari yanada ommalashdi va 2012-yil 9-sentyabrdan boshlab, faqat ta'lim segmenti taqdim etildi.

2010-yil dekabr oyida Vsauce2 (7-dekabr) va Vsauce3 (24-dekabr) kanallari yaratildi. 2012-yil 25-iyulda WeSauce kanali yaratildi. Vsauce 2012-yil sentyabr oyida eng tez rivojlanayotgan kanallardan biri edi. Oʻsha oy davomida asosiy Vsauce kanali 1 million obunachiga yetdi*.

Stevens „A Defense of Comic Sans“ nomli videoda Alsina matn shrifti Vsauce kanallari tomonidan logotip yaratuvchisi Nik Guintaning qoʻlyozmasiga juda oʻxshashligi sababli ishlatilganligini taʼkidlaydi. Natasha Jen tomonidan ishlab chiqilgan yangi brending sxemasi 2014-yil dekabr oyida kanallarga „rivojlangan kanal“ hissini olib kelish uchun qabul qilingan. U „Vsauce“ nomi nazarda tutilgan sous gʻoyasini yetkazish uchun DIN Next Rounded shrifti va suyuqlik dizaynidan foydalanadi.

Kanallar Vsause

Vsauce kanali, shuningdek, Vsauce1 nomi bilan tanilgan va uni butun brenddan va boshqa kanallardan ajratib turadi. Videolar kanal asoschisi Maykl Stevens tomonidan fan, matematika, antropologiya va falsafaga oid mavzularda taqdim etiladi. Videolarda Stevens mavzuni yoki savolni chuqur muhokama qiladi, shu jumladan, javobni turli talqinlari, tegishli faktlar va kuzatishlar asosida keltirib beradi. 2013-yilda Stevens oʻz videolaridagi maʼlumotlarni topish uchun Vikipediya va akademik maqolalarda tadqiqot olib borishini aytdi. Stevens 2017-yilda oʻqituvchi va televideniyada chiqadigan shaxs Adam Savage bilan Brain Candy Live nomli shou uchun hamkorlik qilgan.

Vsauce videolari The Huffington Post, CBS va Gizmodo* kabi onlayn yangiliklar nashrlarida namoyish etilgan.

Mind Field

Mind Field — Michael Stevens tomonidan YouTube Premium (sobiq YouTube Red) uchun maxsus ishlab chiqarilgan Amerika koʻrsatuvi. Vsauceda Mind Fieldning har biri sakkizta epizoddan iborat boʻlgan uchta fasli chiqarildi. 2019-yil 1-oktabrda barcha epizodlar YouTube Premium sotib olmaganlar uchun bepul lekin reklamali koʻrish mumkin boʻldi.

Vsauce2

Kevin Lieber boshchiligidagi Vsauce2 noodatiy bilimlar, gadjetlar va odamlarga oid mavzularni yoritadi. 2019-yildan beri Vsauce2 asosan ehtimollik, paradoks va dilemmalarga oid videolar yuklab kelmoqda, ularning aksariyati tabiatan matematik yoki iqtisodiy boʻlib, real vaziyatlar orqali tasvirlangan. 2019-yilgacha videolar MindBlow, BiDiPi, 54321 va BOAT kabi takrorlanuvchi segmentlar ostida chiqarilgan.

The Create Unknown 2018-yil noyabr oyida Lieber va kanal prodyuseri Mett Tabor ijtimoiy tarmoqda faoliyat yuritadigan sahxslar mehmon qilib chaqiriladigan The Create Unknown podkastini ishga tushirdi. Podkastda Casey Neistat, Veritasium kanalidan Derek Muller , Smarter Every Day kanalidan Destin Sandlin, Dolan Dark, iDubbbz va Grandayy kabi taniqli shaxslar mehmon sifatida chaqirilgan.

Vsauce3

Vsauce3 — Jake Roper tomonidan boshqariladigan va xayoliy dunyolar va videooʻyinlarga oid videolar chiqaradigan kanal. Hozirda toʻrtta takrorlanuvchi segment mavjud: HeadShot, Game LÜT, 9bit va Fact Surgery. Vsauce3 „It's Okay to be Smart“ kanalidagi YouTuber Jo Hanson va BrainCraft kanalidan Vanessa Xill bilan hamkorlik qilgan. U, shuningdek, Bill Nye, Jack Black, The Muppets, Paul Rudd, and Neil deGrasse Tyson kabi mashhur mehmonlari ishtirokidagi videolarni taqdim qilgan. 2015-yil 25-noyabrda Jake oʻzida saratonning kam uchraydigan shakli boʻlgan sarkoma borligini ma’lum qildi*. 19-dekabr kuni Jake davolanishni boshlaganini va uning pastki oyogʻidagi oʻsma jarrohlik yoʻli bilan muvaffaqiyatli olib tashlanganini eʼlon qildi.

WeSauce WeSauce Vsauce kanallari muxlislarining ijod namunalarini jamlagan kanal edi. Kanalda Your BiDiPi, JAM, Music LeanBack!, Riddle Challenge, This World of Ours va ITVS segmentlari mavjud edi. WeSauce 2015-yil 15-oktabrdan beri faol emas .

D!NG D!NG, ilgari DONG (Do Online Now, Guys) Vsauce kompaniyasining qoʻshimcha kanali boʻlib, unda Internetdagi noodatiy sahifalar, ilovalar va oʻyinlar haqidagi videolar yuklanadi. Baʼzi videolarda matematika va fanning turli mavzulariga ham qoʻl urilgan. DONG 2015-yilda o‘z kanali ishga tushirilgunga qadar avval asosiy Vsauce kanalida, soʻngra Vsauce3 kanalida taqdim etilgan segment boʻlib, birinchi video 2015-yil 29-oktabrda yuklangan. Kanal reklama beruvchiga mos kelmaydigan nomga ega boʻlgani uchun 2019-yil 12-mayda „D!NG“ deb oʻzgartirilgan.

Hamkorliklar Vsauce1 kanalida Michael Stevens Bill Nye, BrainCraft, Derek Muller, Good Mythical Morning, The Filthy Frank Show va boshqa baʼzi kanallar bilan hamkorlik qilgan. Vsauce MinutePhysics kanalidan Henry Reich bilan ikkita videoda hamkorlik qilgan: „Guns in Space“ va „What if the Earth were Hollow?“. 2014-yilda Jake Vsauce3 kanalida „Did You Know Gaming?“ video-oʻyini haqida 2ta epizod chiqardi. 2016-yil avgust oyida Stevens BattleBots shousida mehmon sifatida ishtirok etdi. 2018-yilning 24-martida Stevens HowToBasic YouTube kanali bilan hamkorlik qildi. Mukofotlar 2014-yilda Vsauce eng yaxshi yangiliklar va maʼlumotlar uchun „Webby for People’s Voice“ mukofotini qoʻlga kiritdi.

2014 va 2015-yillarda kanal eng yaxshi fan va taʼlim kanali, koʻrsatuvi yoki seriali nominatsiyasi boʻyicha Streamy mukofotini qoʻlga kiritdi. Manbalar

External links

Vsauce2's kanali YouTubeda Vsauce3 kanali YouTubeda "The Create Unknown" podcasti YouTubeda

Turkum:YouTube kanallar Turkum:Streamy Award mukofoti sovrindorlari