Ushbu maqola pedagog haqida. Iqtisodchi haqida Jamshid Xoʻjayev maqolasiga qarang.

Jamshid Baxtiyorovich Xoʻjayev (1987-yil 3-iyun, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani) – oʻzbekistonlik pedagog va senator. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Navoiy viloyati hokimining oʻrinbosari.

Biografiyasi 2008-yilda Navoiy pedagogika institutini milliy istiqlol gʻoyasi yoʻnalishida tugatgan. Qiziltepa tumanida 15-maktab oʻqituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2010—2015-yillarda Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi Navoiy viloyati boʻlimida turli lavozimlarda ishlagan. 2015—2017-yillarda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashi raisi lavozimlarda ishlagan.

2017—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi raisi boʻlgan. 2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi.

2021-yil 23-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevga birinchi oʻrinbosar boʻldi.

2023-yil 15-avgust kuni Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mukofotlari 2017-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston senatorlari