Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim, at-Termiziy (hijriy 318-yil (milodiy 930-yil)dan keyin vafot etgan) — muhaddis, hofiz va sufiy boʻlgan. Xuroson va Iroqda koʻpchilikdan hadis eshitgan, soʻngra Nishopurga kelib, bu yerda hadis aytgan.

Asarlari „al-Akyos va va-l-mugʻtariyna“ („Qoʻlqop va aldanganlar“); „Riyozatu-n-nafs“ („Nafs tar-biyasi“); „al-Kasb“ („Hunar“), mazkur uchala kitobning hammasi tasavvufga oid. „Navodiru-l-usul fi maʼrifati axbori-r-rasul“ („Rasululloh xabarlarini bilishdagi nodir usullar“); „Ilalu-l-ubudiya“ („Bandalik illatlari“); „Javobu kitobin minar-ray“ („Raydan kelgan kitobga javob“); „Xatamu-l-anbiyo“ („Paygʻambarlarning soʻngisi“); „as-Salot va maqosiduho“ („Namoz va undan koʻzlangan maqsadlar“).

Manbalar