Oqtov davlat buyurtma qoʻriqxonasi — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Nurota tumani Oqtov tizmasida joylashgan buyurtma qoʻriqxonasi. Oqtov togʻ tizmasining tabiiy xilma-xilligi saqlab qolish maqsadida Navoiy viloyati hokimligining 1997-yil 21-apreldagi Q-113-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Qoʻriqlanishi Qoʻriqxona tabiatni muhofaza qilish boʻlinmalarining tezkor reydlari usuli bilan qoʻriqlanadi. Tavsifi Qoʻriqxona hududi Oqtov tizmasining bir qismi hisoblanib, dengiz sathidan 1951 m balandlikda joylashgan. Faunasi Oqtov tizmasida chukar (Alectoris chukar), qoraqushlar, quyonlar (Lepus tolai), mayda kemiruvchilar, tulkilar (Vulpes vulpes), agama va kaltakesklar uchraydi. Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar