Muhammad as-Sagʻir ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Ofironiy al-Marokashiy (? — 1726-yil) — asli ofironlik muarrix, adib, Marokashdagi al-Mavlo Ismoil saltanatidagi davlat arboblaridan boʻlgan. 1726-yil vafot etgan. Asarlari „Safva man intashara min axbori sulahoi-l-qarni-l-hodiy ashara fi davlati-s-saʼdiya fi marokash“ („Marokashdagi saadiylar davlati haqida oʻn birinchi asr solihlarining xabarlarini tarqatganlarning eng saralari“) „al-Malik as-sahl fi sharhi tavshihi ibn Sahl“ ("Bandlari turlicha qofiyalangan Ibn Sahl sheʼrlarining sharhi haqidagi „Malik as-Sahl“ nomli asar).

Manbalar