Akobir Toʻrayev (1996-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qirgʻiziston Premer-ligasining "Neftchi" klubi hujumchisi.

Klub faoliyati Toʻrayev futbolchilik faoliyatini 2012-yilda „Buxoro“ning U21 jamoasida boshlagan, 2013-yilda esa klubning katta jamoasiga oʻtgan. Keyinroq 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijaraga berildi. U Osiyo Chempionlar Ligasida „Paxtakor“ning „Al-Jazira“ ga qarshi oʻyinida (3:0) ham ishtirok etdi. „Paxtakor“da ijara muddatini tugatib, keyingi mavsumda oʻzining klubi „Buxoro“ga qaytdi.

Toʻrayev 2018/19-yilgi mavsum oxirigacha „Buxoro“ tarkibida boʻlgan. Klubdagi faoliyati davomida u 20 uchrashuvda 3 ta gol urgan. 2019-yilda u chet elda yangi sinovga yoʻl oldi va Bangladeshning Rahmatganj MFS jamoasiga qoʻshildi. U Oʻzbekistonga qaytgunga qadar Bangladesh klubi safida 10 ta oʻyinda ikkita gol urdi. U 2020-yil avgust oyida „Mash’al Muborak“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq oʻyin vaqti yetishmagani uchun 2021-yilning yanvarida Tojikistonga koʻchib oʻtgandi. U Tojikiston oliy ligasi vakili „Esxata Khujand“ klubi safida 15 oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Akobir 2021-yil 30-avgustda „TRAU“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi, unda 2021-22 I-liga dekabr oyining oxirgi haftasidan boshlandi U klubdagi ilk golini 2022-yil 3-mart kuni „Sreenidi Dekanga“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2022-yil Qirgʻiziston chempionati vakili "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi 2023-yil 15-iyulda Ravshan Kulob bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi...

Yutuqlar

Jamoaviy AFC U-17 Osiyo Kubogi chempioni: 2012

Rahmatgonj MFS

Federatsiya kubogi ikkinchi oʻrin: 2019

Paxtakor Toshkent

Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2016

Individual

Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2013

Manbalar

Havolalar

Akobir Toʻrayev Flashscore saytida Akobir Toʻrayev Transfermarkt saytida Akobir Toʻrayev Soccerway saytida

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Rahmatganj MFS futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:TRAU FC futbolchilari Turkum:FC Eskhata futbolchilari Turkum:FC Ravshan Kulob futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Bangladesh Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:I-Liga futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari