Ziyovuddin Haziniy ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi Katta kenagas qishlogʻida joylashgan qabriston. Ziyoratgohda shoir Haziniy dafn etilgan. Dahmada shuningdek, shoir avlodlarining xilxonasi, Haziniyning bobolaridan biri Nabiraxoja maqbarasi hamda chillaxona majmuasi joylashgan. Haziniy 1904-yilda shayx va shoir sifatida mashhurlikka erishdi. 1923-yil 56 yoshida vafot etgan. Novcha boʻyli, oq yuzli, soqolli, koʻrkam qomatli, toza, ozoda kishi boʻlgan. Vafotidan soʻng ikki xotini va oʻgʻillari qolgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida bergan topshirigʻiga muvofiq Ziyovuddinxon Doniyolxon (Katta xoja) oʻgʻli Haziniyning maqbarasida kapital taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Yana qarang Haziniy Xoʻqandiy
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Ziyoratgohlar Turkum:Fargʻona viloyatidagi ziyoratgohlar Turkum:Fargʻona viloyati