Abubakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy ()— islom dinshunosi, hanafiy mazhabi huquqshunosi. Xalq orasida Shams ul-Aimma ( — rahbarlar quyoshi) nomi bilan mashhur boʻlganNorman Calder, Jawid Ahmad Mojaddedi, Andrew Rippin, ed. and tr., Classical Islam: A Sourcebook of Religious Literature (Routledge, 2003), p. 210..
Biografiyasi Muhammad as-Saraxsiy hozirgi Eron va Turkmaniston chegarasida joylashgan Katta Xurosonning Seraxs shaharchasida tavallud topganCalder, N. „al-Sarakhsi“, Muhammad b. Ahmad b. Abu Sahl Abu Bakr, Shams al- Aʼimma." Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Edited by: P. Bearman; Th. Bianquis; C. E. Bosworth; E. van Donzel; and W. P. Heinrichs. Brill, 2011. Brill Online. Yale University. 8 February 2011 .
Vafot etgan sanasi baʼzi manbalarda hijriy 483-yil (milodiy 1090-yil), ayrim manbalarda esa hijriy 490-yil (milodiy 1096-yil) deb koʻrsatiladiCalder, N. „al-Sarakhsi“, Muhammad b. Ahmad b. Abu Sahl Abu Bakr, Shams al- Aʼimma." Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Edited by: P. Bearman; Th. Bianquis; C. E. Bosworth; E. van Donzel; and W. P. Heinrichs. Brill, 2011. Brill Online. Yale University. 8 February 2011 Kassim, Husain. Sarakhsi- Hugo Grotius of the Muslims: The Doctrine of Juristic Preference and the Concepts of Treaties and Mutal Relations. San Francisco: Austin and Winfield Publishers, 1994.. As-Saraxsiy hanafiylikning buyuk faqihlaridan biri boʻlgan, shuningdek, al-Bazdaviyning ustozi Abdulaziz al-Halvoniydan (vafoti: hijriy 448 (milodiy 1056) tahsil olgan.
Muhammad as-Saraxsiyning yoshlik yillari haqidagi bizgacha yetib kelgan maʼlumotlar juda kamKassim, Husain. Sarakhsi- Hugo Grotius of the Muslims: The Doctrine of Juristic Preference and the Concepts of Treaties and Mutal Relations. San Francisco: Austin and Winfield Publishers, 1994.. Ayrim manbalarga koʻra, as-Saraxsiy hukmdorlikka oid bir huquqiy masala bo‘yicha oʻz fikrini ochiq bildirgani uchun qamalgan, yaʼni mamlakat podshohining cho‘ri bilan turmush qurishini noqonuniy deb hisoblab, podshohni tanqid qilgan va shu sababli hayotining taxminan oʻn besh yilini qamoqda oʻtkazgan. As-Saraxsiy qamoqdalik yillarida „Mabsut“Calder, N. „al-Sarakhsi“, Muhammad b. Ahmad b. Abu Sahl Abu Bakr, Shams al- Aʼimma." Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Edited by: P. Bearman; Th. Bianquis; C. E. Bosworth; E. van Donzel; and W. P. Heinrichs. Brill, 2011. Brill Online. Yale University. 8 February 2011 va oʻzining boshqa bir nechta muhim asarlarini yozgan. U juda kuchli xotiraga ega boʻlib, qamoqda yashagan yillarida boshida kechirgan koʻplab voqealarni juda yaxshi eslab qolgan va keyinchalik ularni qogʻozga tushirgan.
As-Saraxsiyning huquq sohasida juda katta maʼlumotga ega shaxs boʻlgan, shuningdek, u oʻz davrining atoqli yozuvchilaridan biri deb hisoblashganCalder, Norman. „Exploring God’s Law: Muhammad ibn Ahmad ibn Abi Sahl al-Sarakhsi on zakat.“ In Law and the Islamic world past and present, by Christopher Toll and Jakob Skovgaard-Petersen. Copenhagen: Bianco Lunos Bogtrykkeri A/S, 1995.. U hanafiylik mazhabining obroʻli huquqshunoslaridan biri bo‘lib, ushbu mazhab vakillari orasida „shubhangiz bo‘lsa, Saraxsiyga ergashing“Al-Sarakhsi, Money Exchange, Loans, and Riba: A translation of Kitab al-Sarf from Kitab al-Mabsut, translated by Imran Ahsan Khan Nyazee, Advanced Legal Studies Institute, Islamabad, 2018. mazmunidagi soʻzlar tarqalgan. Al-Qosoniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy kabi buyuk shaxslar ham o‘zlarining fiqhga oid mashhur „Badoye as-sanoye“ va „Al-Hidoya“ asarlarida, asosan, as-Saraxsiyning „Al-Mabsut“ va „Usul as-Saraxsiy“ asarlarida keltirilgan munozaralar va huquqiy dalillariga tayanganlar.
XIX asr hind musulmon olimi Abdulhay al-Laknaviy as-Saraxsiyni Abu Jaʼfar at-Tahoviy kabi olimlar bilan bir qatorda Abu Hanifa shogirdlari (Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniy)dan keyingi buyuk huquqshunoslar deb hisoblaganAl-Marghinani, Burhan al-Din, Al-Hidayah, translated by Imran Ahsan Khan Nyazee, Center for Excellence in Research, Islamabad, 2016, page 9..
Muhim ishlari As-Saraxsiyning eng muhim asarlari:
„Usul al-fiqh“, Qohira (hijriy 1372, milodiy 1953); „Kitob al-Mabsut“, Bayrut (hijriy 1406, 1986) „Sharh as-Siyar al-Kabir“.
Manbalar
Turkum:Hanafiylar Turkum:Fargʻonada vafot etganlar Turkum:1096-yilda vafot etganlar Turkum:1090-yilda vafot etganlar Turkum:1009-yilda tugʻilganlar