Natalya Shikolenko (; 1964-yil 1-avgustda Oʻzbekistonning Andijon shahrida tugʻilgan) Dastlab SSSR keyinchalik esa Belarus yengil atletika boʻyicha terma jamoasi nomidan nayza uloqtiruvchi sportchi sifatida qatnashdi. U Olimpiada ikki terma jamoasi tarkibida ham kumush medali va jahon chempionati oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Uning singlisi Tatyana Shikolenko ham muvaffaqiyatli nayza uloqtiruvch sportchi bo‘lib, dastlab Belarus davalati sharafini himoya qilgan, lekin keyinchalik 1996-yilda Rossiya olimpiya jamoasi safiga o‘tgan.
Sport faoliyati 1983-yilda u nayza uloqtirish boʻyicha musobaqalarda oʻsmirlar oʻrtasida SSSR chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qurolli Kuchlarining sport jamoasida xizmat qilgan. 1987-yilda u Rimda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida qatnashdi. 1988-yilda u yengil atletikaning nayza uloqtirish boʻyicha Yevropa kubogini qoʻlga kiritdi.
1991-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtida oyogʻidan jiddiy jarohat oldi, ammo shunga qaramay musoboqada qatnashish uchun oʻzida kuch topa oldi. Musoboqada oʻzi istaganidek qatnasha olmagan Natalya yakunda 11-oʻrinni egalladi. Keyinchalik Natalyaning sogʻligʻi juda tez yaxshilandi va tez orada sport formasini tikladi. Jaroxatdan forigʻ boʻlgib qatnashgan birinchi musoboqasidayoq (1992-yilda u oʻsha paytdagi dunyodagi eng yaxshi natija bilan SSSR chempionatida gʻolib chiqdi) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
1993-yilda Germaniyaning Shtutgart shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida nayza uloqtirish turida u bronza medalini qoʻlga kiritdi (natija — 65,64 m), 1995-yilda Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida esa avvalgi natijasini yaxshilab oltin medalga sazovor boʻldi(natija — 67,56 m). 1992-yilda Barselonadagi Olimpiadada Natalya kumush medalni qoʻlga kiritdi va chempionlikni Germaniya vakilasi sportchi Silke Rankga boy berdi. AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida u oʻzining uchinchi urinishida videokamera harakatlanayotgan simga tegib, musboqada 12-oʻrinni egalladi. Bugungi kunda „Dinamo“ BFST 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Sport yutuqlari Nayza uloqtirishdagi shaxsiy rekordi 71,40 m tashkil etadi (1994-yilda Olimpiada turnirida qayd etgan). Bir necha bor SSSR chempionatlari sovrindori, olti karra SSSR chempioni (1988-1992), MDH chempioni va rekordchisi (1992), Yevropa va jahon kubogi sovrindori (1994), Oʻzbekiston SSR xalqlari sport oʻyinlari gʻolibi (1986, 1990), jahon chempioni (1995), 1992-yilgi XXV Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori hisoblanadi. terma jamoasi tarkibida1987Jahon chempionatiRim, Italy14th (q)Javelin60.40 m1990Yaxshi niyat oʻyinlariSeattle, United States 1stNayza uloqtirish61.62 mYevropa chempionatiSplit, Yugoslavia12thJavelin53.98 m1991Jahon chempionatiTokiyo Yaponiya11thNayza uloqtirish58.82 m terma jamoasi tarkibida1992Olimpiada oʻyinlariBarselona Ispaniya 2ndNayza uloqtirish68.26 mterma jamoasi tarkibida1993Jahon chempionatiStuttgart, Germany 3rdNayza uloqtirish65.64 m1994Yevropa chempionatiHelsinki, Finland14th (q)Nayza uloqtirish55.08 m1995Jahon chempionatiGothenburg, Sweden 1stNayza uloqtirish67.56 m1996Olimpiada oʻyinlariAtlanta, United States12thNayza uloqtirish58.56 m
Manbalar
Havolalar
Natalya Shikolenko at World Athletics
Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Andijonlik sportchilar Turkum:Belarus sportchilari Turkum:Yengil atletika boʻyicha jahon chempionati gʻoliblari Turkum:Yengil atletika boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar