Marko Putinchanin (serb kirillcha: Marko Putinchanin; 1987-yil 16-dekabrda tugʻilgan) — serb futbolchisi, FK Napredak Krushevac jamoasida oʻynaydi. Marko yarim himoyachi yoki oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati Putinchanin futbolchilik faoliyatini Serbiya chempionatida, „Radnichki Nova Pazova“ jamoasi safida boshlagan. 2009-yilda Albaniyaning „Dinamo Tirana“ klubiga oʻtgunga qadar oʻzining „Zemun“ va „Bezaniya“ klublarida oʻynagan.

2014-yilgi mavsumni Qozogʻistonning „Jetisu“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Jetisu jamoasi asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylandi. Dekabr oyida Serbiyaning Radnik Surdulicha jamoasidan tushgan taklif sababli Putinchanin klubdagi bir mavsumdan soʻng „Jetisu“ jamoasini tark etdi.

2018-yilning yanvarida Putinchanin Serbiyaning „Voyvodina“ klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladiPREDSTAVLJENI EZE I PUTINČANIN at FK Vojvodina, 18-1-2018.

2018-yil iyun oyi oxirida Putinchanin Sloveniyaning „Olimpiya Lyublyana“ klubi bilan shartnoma imzoladiPrišel je Marko Putinčanin at NK Olimpija Ljubljana, 28-6-2018. 2009-2010-yilgi mavsumda u „Tirana Dinamo“ jamoasi bilan Albaniya chempioni boʻlgan va 2019-yilda „Olimpiya Lyublyana“ klubi tarkibida Sloveniya kubogini qoʻlga kiritganhttps://int.soccerway.com/players/marko-putincanin/82915/ (vaadatud 16.11.2021). 2021-yil yangi mavsum avvalida Oʻzbekiston Superligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Viktor Jalilov boshchiligidagi namanganliklar jamoasi safida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng yozgi transfer oynasi vaqtida jamoani tark etdi. 2021-yilning iyun oyida Estoniyaning „Levadiya“ jamoasiga oʻtdi va klub bilan 2022-yil oxirigacha shartnoma imzoladi„FCI Levadiaga liitus Serbia keskpoolkaitsja Marko Putinčanin“ . fcilevadia.ee. 17.6.2021. Vaadatud 16.11.2021. 2022-yilgi mavsumda Serbiyaning „Napredak Krusevas“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlar

FCI Levadia

Meistriliiga: 2021 Estoniya Superkubogi: 2022

Olimpiya Lyublyana

Sloveniya kubogi: 2018-2019, 2020-2021

Dinamo Tirana

Superiore toifasi: 2009-2010

Manbalar

Havolalar

Marko Putinčanin at Soccerway (futbolchi) Transfermarkt.com Transfermarkt (futbolchi) Sportbox.ru Sportbox.ru (futbolchi)

Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar

Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar