The Last of Us Part II (The Last of Us videooʻyining davomi; 2020-yilda nashr etilgan) — Naughty Dog va Sony Interactive Entertainment hamkorligida ishlab chiqarilgan, PlayStation 4 uchun moʻljallangan jangari-sarguzasht oʻyin. Videooʻyin post-apokaliptik fantasika janriga asoslangan. Oʻyinidagi jarayonlarning barchasi AQShda yuz beradi. Bosh qahramonlar — hayotlari bir-biriga bogʻlangan ikki obraz: Ellie (Joelning oʻlimi uchun qasos olish maqsadida yoʻlga chiqqan oʻsmir qiz) hamda Abby (armiyasi va mahalliy diniy madaniyat oʻrtasidagi mojaroga qoʻshilib qolgan askar). Uchinchi shaxs nuqtai nazaridan foydalanuvchi videooʻyin. Qahramonlari oʻqotar va qoʻlbola qurollardan foydalangan holda yashirin dushmanlar hamda zombilarga qarshi kurashishi kerak.

Ishlab chiqarish jarayoni 2014-yilda, The Last of Us Remastered platformalarda payda boʻlgandan soʻng boshlangan. Oʻyin ssenariysini Neil Druckmann, loyihaning ijodiy rejissyori sifatida Halley Gross bilan birgalikda yozadi. Qasos va jazo mavzulari tanlanishida Druckmanning Isroilda orttirgan tajribalaridan foydalanilgan. Videooʻyinda Ashley Johnson Ellie rolini qayta ijro etgan boʻlsa, Laura Bailey Abbyni jonlantiradi. Ularning chiqishlari harakat qaydlari va ovozni bir vaqtda yozib olishni oʻz ichiga olgan. Gustavo Santaolallaga oʻyinning matnini yozish va ijro etish yuklatilgan. Ishlab chiquvchilar PlayStation 4ning texnik imkoniyatlarini kuchayishiga sababchi boʻldilar. Manbalarga koʻra, ishlab chiqarishsh 12 soatlik ish kunlaridan iborat boʻlgan murakkab jadvalni oʻz ichiga olgan. Byutjeti deyarli 220 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bu esa uni ishlab chiqarilishi uchun eng koʻp mablagʻ ketgan videooʻyinlardan biriga aylantirgan.

The Last of Us Part II baʼzi kechikishlardan (qisman COVID-19 pandemiyasi sabab) soʻng, 2020-yilning 19-iyun kunida chiqarildi. Ssenariysi va mavzulari tanqidchilarni ikkiga boʻgan boʻlsa-da, oʻyin jarayoni, audio dizayni, reytingi, ijrosi, personajlari va vizual aniqligi uchun olqishlarga sazovor boʻldi. Videooʻyin Metacriticda sharhlar „yomgʻiri“ ostida qoldi. Baʼzi geymerlar hikoya va personajlarni tanqid qilishdi, oʻyin atrofidagi fikrlar qarama-qarshiliklarga aylanib ketdi. Part II Play Station 4da eng koʻp sotilgan, PlayStation 4 eksklyuzivda esa eng tez sotilgan oʻyin boʻldi. Chiqqan haftasi oxirida toʻrt milliondan ortiq, 2022-yilga kelib esa oʻn million martadan ortiq sotilgan. Oʻyin 320 dan ortiq Yil oʻyini mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Mukofotlar shoulari va videooʻyinlar haqidagi nashrlar tomonidan koʻplab boshqa mukofotlar sovrindori boʻldi.

Oʻyin jarayoni

The Last of Us Part II — qoʻrquvda tirik qolish () janri elementlarini o‘z ichiga olgan, uchinchi shaxs nuqtai nazaridan o‘ynaladigan jangari-sarguzasht janridagi oʻyin. Geymer oʻyinni davom ettirish uchun binolar va oʻrmonlar kabi post-apokaliptik muhitga ega joylarni bosib oʻtishi kerak. Geymer oʻqotar va qoʻlbola qurollardan dushmanlari hamda cordyceps qoʻziqorini mutatsiyaga uchragan virus bilan kasallangan zombilardan himoyalanish uchun foydalanishi mumkin. Personajlar vaqti-vaqti bilan Ellie va Abby oʻrtasida almashib turadi. Shuningdek, geymerlar qisqa muddat davomida Joelni ham boshqaradi. Platformer elementlari personajning chaqqon tabiati uchun asos yaratib berishi bilan, uning sakrab oʻtish va koʻtarilish hamda jang paytida afzalliklarga ega boʻlishiga imkon yaratadi. Geymer maʼlum joylarga kirish yoki kerakli materiallarni qoʻlga kiritish uchun oyna va deraza kabi shisha buyumlarni sindirishi mumkin. Oʻyinning baʼzi joylarida ot yoki qayiqdan foydalanish imkoni ham mavjud.

Geymer jang paytida miltiq va kamon kabi uzoq masofali, toʻpponcha va revolver kabi qisqa masofali qurollardan foydalanish imkoniga ega. Macheta va bolgʻa kabi nomuntazam qoʻllaniladigan jangovar qurollarni oʻgʻirlashi, dushmanlarni chalgʻitish yoki ularga hujum qilish uchun gʻisht va shisha iidishlarni uloqtirishi mumkin. Toʻplangan buyumlardan ish stolidagi qurollar, dori-darmon toʻplamlari, molotov kokteyllari va qurol glushiteli () kabi anjomlarni yangilash uchun foydalanish mumkin. Geymerda personajning koʻnikmalarni oshirish uchun qoʻshimcha narsalar ham toʻplash imkoni bor. Bunda atrofdan topilgan narsalar yordamida qoʻshimcha koʻnikma va mahoratlarni oshirish, personaj jonining qancha qolganligi koʻrish, taʼmirlash tezligini oshirish va oʻq-dori turlari kabi atributlarni yangilash singari unsurlar mavjud.

Geymer dushmanlariga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, bildirmasdan hujum qilish yoki ularning yonidan yashirinishcha oʻtish kabi yoʻllardan ham foydalana oladi. „Tinglash rejimi“ personajga devorlar va obyektlar ortidan koʻra olish imkonini beruvchi konturlar yordami orqali „vizual eshitish“ va makoniy xabardorlikni oshirish orqali dushmanlarni topishga imkon beradi. Geymer kover tizimi tufayli jangda afzalliklarga ega boʻlish uchun toʻsiqlar orqasidan choʻkkalab oʻtishi, shuningdek, dushmanlardan qochish uchun qulay holatda emaklay olishi ham mumkin. Personaj dushmanlarini sunʼiy intellekt boshqaradi. Ularda yordam berish yoki soʻrash, geymer chalgʻib qolgan, oʻq-dorilar tugagan yoki janjal paytida imkoniyatlaridan foydalanish xususiyati bor. Personaj kamon oʻqidan yaralangan boʻlishi, bu esa uning jon koʻrsatgichini bosqichma-bosqich pasaytirishi hamda oʻq olib tashlanmagunga qadar tinglash rejimini oʻchirib qoʻyishi mumkin. Dina kabi sunʼiy intelekt boshqaruvchi personajlar sheriklariga dushmanlar joylashuvini aytib turish orqali jangda ularga yordam berishadi. Bundan tashqari, oʻyinda tinglash rejimidan foydalangan holda oʻyinchining hidini aniqlaydigan qoʻriqchi itlar ham bor.

Merosi The Last of Us Part II ayni nom nom bilan bogʻliq The Last of Us televizion serialining bir necha fasllariga moslashtirilishi kutilmoqda. Druckmann va serial hammuallifi Craig Mazin fasllar orasidagi toʻldirmalardan qochishni xohlashdi va darhol davomiylikni moslashtirishga kirishdilar.

Manbalar

Havolalar

The Last of Us Part II MobyGamesda

Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqilgan videooʻyinlar Turkum:Videooʻyinlar Turkum:Videooʻyin franshizalari