Haydarbek Abdujabborov (; 1898-yil, Jizzax — 1938-yil 8-oktyabr, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, tarjimoni. Sovet repressiyasi qurboni. Qizil Bayroq ordeni sohibi (1923-yil).

Biografiyasi 1898-yili Jizzax okrugi boshqarmasida tarjimoni oilasida tavallud topgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagan (1911-yil, Samarqand). 1914-yilgacha Samarqanddagi 4 yillik shahar maktabida tahsil olgan. 1919-yil KPSS (baʼzi manbalarda 1917-yil, may oyi koʻrsatilgan) aʼzosi. 1938-yil 8-oktyabr sanasida otuvga hukm qilingan. 1957-yil 1-avgustda SSSR Oliy Sudi tomonidan oqlangan.

Faoliyati Jizzax okrugi sudi tarjimoni (1919-yil) Jizzax RKKA qoʻshinida polk harbiy komissari (1919-yil) Jizzax Bosmachilarga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakil (1921-yil) Jizzax tuman komiteti kotibi (1922—1923); Samarqand viloyati komiteti siyosiy taʼlim boʻlimi boshligʻi (1923—1924); Tuman kompartiyasi qoʻmitasi axborot boʻlimi boshligʻi (1924-yil); Jizzax ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy boʻlim boshligʻi; Jizzax tumani ijroiya qoʻmitasining tarjimoni; Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy boʻlimi boshligʻi; Tojikiston SSR Moliya xalq komissari (1927-yil sentyabr); Toj. SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi vazifasini bajaruvchi (11-avgust—11-oktyabr 1928-yil); Oʻzbekiston SSR Bolalar komissiyasi Markaziy qoʻmitasi rais oʻrinbosari (1927—1928); Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent tumani komiteti instruktori (1928-yil); Oʻzbekiston KP Zomin tumani qoʻmitasi 1-kotibi (1928-yil, 29-mart); Zarafshon chap sohili irrigatsiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (1929-yil noyabr)

Manbalar

Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:Jizzaxda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:Tarjimonlar Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar