Zuhra Qoraboyevna Ismoilova (1961-yil 20-aprel, Sirdaryo tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (2007), professor. Biografiyasi Zuhra Ismoilova 1961-yil 20-aprel Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tugʻilgan. 1984-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining muhandis-pedagog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1985—2020-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida laborant, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan. 2020-yildan „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universitetining „Professional ta’lim va jismoniy madaniyat“ kafedrasi mudiri. „Ma’rifat“ targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi.

Ilmiy faoliyati Zuhra Ismoilova 2000-yil „Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirish“ mavzusida nomzodlik, 2007-yilda „Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental metodik asoslari: (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar asosida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiligan. 5 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 50 ga yaqin uslubiy ishlanma va risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016); „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishoni (2020); „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021); „Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2022). Manbalar

Turkum:Professorlar Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekistonlik olim ayollar