Qahramon Tanzilovich Olimov (1967-yil, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor Biografiyasi Qahramon Olimov 1967-yilda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. 1991—2005-yillarda Buxoro muhandislik texnologiya instituti assistenti, dotsent, kafedra mudiri, 2005—2013-yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektor, 2013—2018-yillarda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2018—2020-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, 2020—2021-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2021-yildan Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali ijrochi direktori.
Ilmiy faoliyati Qahramon Olimov 220 dan ortiq ilmiy va metodik ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 17 ta darslik muallifi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Professorlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari