Izlam — shoir Faxriyor tomonidan yozilgan sheʼr hamda tarjimalardan iborat toʻplam. Toʻplam 2017-yili Akademnashr nashriyoti tomonidan chop etilgan. Yozuvchi Nazar Eshonqul toʻplam borasida quyidagi fikrlarni bildirgan:

Izlam turkumi Izlam toʻplami ortidan 2022-yil noyabr oyiga kelib yosh ijodkorlarning kitoblari „Izlam“ turkumi oʻlaroq chop etilgan. Xususan, Azizbek Norovning „Azal va abad yoʻli“, Muhammad Siddiqning „Dugoh“, Xurshid Abdurashidning „Faqat u qoldi“, Rafiq Oʻzturkning „Ichingda bahor“, Jontemirning „Jazba“, Mirzohid Muzaffarning „Mahv“, Tillanisoning „Qon“, Madina Norchoyevaning „Qumaru“, Feruza Xayrullayevaning „Tutqun“ kabi toʻplamlari Akademnashr tomonidan nashr etilgan. Turkum nashr etilgandan keyin oʻzbek internet segmenti ayrim sheʼriy kitoblarni „yalangʻoch“ sheʼriyat sifatida qabul qilgan va bu keng muhokamalarga sabab boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Sheʼriy kitoblar Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar