Zumrat Talatovna Gaibnazarova (1981-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Biografiyasi Zumrat Gaibnazarova 1981-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Menejment yoʻnalishini (bakalavr) tugatgan. 2004-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Innovatsion menejment yoʻnalishini (magistr) tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 2012-yilda Toshkent moliya institutida „Innovatsion investitsiyalashtirish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari“ mavzusida „Iqtisodiyot nazariyasi“ ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2015-yilda Muhandislik taʼlimi dasturining sifati va akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro ekspert etib tayinlangan. 2017—2021-yillarda MANEB Xalqaro akademiyasining muxbir aʼzosi. 2017-yilda „Iqtisodiyot nazariyasi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 2021-yildan MANEB Xalqaro akademiyasining akademigi. Doktorlik dissertatsiyasini 2021-yilda Toshkent davlat texnika universitetida „Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapital nazariyasi va uslubiyatining modernizatsiyalashga taʼsiri“ mavzusida „Sanoat iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2022-yilda „Sanoat iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi. 2021-yildan hozirga kungacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Manbalar
Havolalar Zumrat Gaibnazarova Google Scholar
Turkum:Oʻzbekistonlik olim ayollar Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari