Ali ibn Husayn Abul-Qosim Alaviy Ashraf ash-Sharif al-Husayniy, (arab. ابن الأعلم الشريف الحسيني) – X asrda yashab o‘tgan musulmon astronomi va munajjimi boʻlgan (Bag‘dodda vafot etgan, 985- yil) الزركلي, خير الدين. الأعلام - ج 4 : عبد السلام بن الحسين - علي بن محمد (in Arabic). IslamKotob..

Ibnul A’lomning hayoti haqida juda kam ma’lumotlar mavjud va uning tug‘ilgan yili tarixchilar tomonidan aniqlanmagan. U X asrning eng ko‘zga ko‘ringan astronomlaridan biri bo‘lib, bu uning islom va Vizantiya astronomiyasiga ta’sirida namoyon bo‘lgan. U Bag‘dodda faoliyat yuritib, buvayhiylar hukmdori Adud ad-Davla (978–983) homiyligida ishlagan. Ibnul A’lomning asosiy asari “az-Zij ash-Sharifiy” yoki “az-Zij al-Bag‘dodiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan zij asaridir. Asar uning homiysi sharafiga “az-Zij al-Adudiy” deb ham ataladi. Asar yo‘qolgan, ammo olimlar uning katta qismini arab, fors va yunon manbalaridan qayta tiklashga muvaffaq bo‘lganlar "Ibn al-Alam". islamsci.mcgill.ca..

X asrda yashagan misrlik mashhur astronom Ibn Yunus "In Memoriam of Aydin Sayili: Biography and Account of his Scientific Activity | Muslim Heritage". muslimheritage.com. Ibnul A’lomning zamondoshi bo‘lib, uning ijodini yuqori baholagan va undan iqtibos keltirgan. Ibnul A’lom 985-yilda vafot etganidan so‘ng, uning ta’siri kamida uch asr davomida saqlanib qoladi, buni Marog‘ rasadxonasining jadvallarida ham ko‘rish mumkin. Ushbu jadvallar asosan uning va misrlik astronom Ibn Yunusning ishlariga asoslangan edi. Manbalar

turkum:islom tarixi turkum:islom olimlari turkum:arabcha asarlar