Nikolay Davidovich Svinarchuk – Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi faxriysi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Biografiyasi Nikolay Svinarchuk 1920-yil 20-sentyabrda Mirzachoʻl tumanida tugʻilgan. Umumtaʼlim maktabni tugatgandan soʻng, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga qabul qilingan. Nikolay 1942-yilning avgust oyida Ikkinchi jahon urushida jangga kirishgan. Jang mobaynida ikki marotaba yaralangan.
1944-yil kichik serjant Nikolay Svinarchuk Belarus fronti 70-armiyasi komandirining yordamchisi boʻlgan. 1944-yil 26-iyulda Kshna daryosi orqali Biala Podlaska shahriga yetib borib, u yerdagi jangda ishtirok etgan. 1944-yil 27-iyulda Nikolayning Bogukal harbiy guruhi nemislarning avtomagistraldagi qarshi hujumini muvaffaqiyatli qaytarib, 1 ta bronetransportyor, 3 ta mashina va 150 ga yaqin dushman askar va zobitlarini yoʻq qilishga erishgan. 415-piyoda harbiy guruh komandiri Medinsev ushbu holatga quyidagicha taʼrif bergan:
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yilda qabul qilgan 24-sonli buyrugʻi bilan nemis bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ ordeni bilan taqdirlangan. Nikolay Svinarchuk, shu bilan birga „Oktyabr Inqilobi ordeni“, „Lenin ordeni“, 2-darajali „Shon-sharaf ordeni“ hamda yana bir qancha ordenlar bilan mukofotlangan.
Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin, Nikolay Svinarchuk Qozogʻiston SSRning Lenger shahriga demobilizatsiya qilingan.
1983-yil 1-yanvarda Janubiy Qozogʻistonning Toʻlebiy tumanidagi Doʻstlik qishlogʻida vafot etgan va shu yerda dafn qilingan.
Manbalar
Turkum:Guliston shahrida tugʻilganlar Turkum:20-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda vafot etganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:Turkiston (viloyat)da vafot etganlar Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari