Yuriy Vasilyevich Basov (; 1951-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) – sovet sobiq futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati Toshkentning „Paxtakor“ sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiy S.Arutyunov hisoblanadi. Yuriy 1971-yil 2-mayda, SSSR Oliy ligasining 5-turi doirasida SSKA jamoasiga qarshi uy uchrashuvida (1:3), 55-daqiqada Ravshanbek Yunusovni oʻrniga maydongga tushgan. Yuriy navbatdagi oʻyinini 5-noyabr kuni, mavsumdagi ikkinchi oʻyinni oʻtkazdi. Soʻnggi turda „Paxtakor“ „Shaxtyor“ jamoasi ustidan gʻalaba qozongan, ammo baribir birinchi ligaga tushib ketgan. 1973-yilgi mavsumda Basov 11 ta „mavsumning eng yaxshi debyutantlari“ roʻyxatiga kiritilgan. U jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1979-yil 21-martda SSSR kubogi doirasida „Pomir“ga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazgan. Yuriy bu vaqt ichida SSSR chempionatlarida 169 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan (82 ta oʻyin, oliy ligada bitta gol). 1979-yilning may oyidan Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi safida SSSR ikkinchi ligasida oʻynagan. 1980-yil fevral – mart oylarida u SSSR Kubogida uchta oʻyin oʻtkazgan, aprelda SSSR ikkinchi ligasida chempionatida uchta oʻyin oʻtkazgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.
1980-yillarda Ikkinchi liga oʻyinlarida hakam boʻlib ishlagan: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki.
Manbalar
Havolalar
Yuriy Basov Footballfactsru saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha hakamlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol hakamlari