Romeo Lavia (2004-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – Belgiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Chelsi“ klubi va Belgiya terma jamoasida himoyakor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

U "Anderlext" akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2022-yilda „Sautgempton“ bilan shartnoma imzolashdan oldin Premyer-liganing „Manchester Siti“ jamoasida professional debyutini 2021-yilda oʻtkazgan. 2023-yilda „Sautgempton“ quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, „Chelsi“ bilan 53 million funt sterlingga koʻchib oʻtdi hamda chelsi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek u Belgiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi, hamda 2023-yilda kattalar jamoasida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati

Anderlext Lavia – Belgiyaning "Anderlext" klubining yoshlar jamoasiga sakkiz yoshiligida Bryussel yaqinidagi Neerpededagi oʻquv markaziga kelib qoʻshilgan.

15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi mahalliy xalqaro yoshlar turnirida u birinchi marta Pep Gvardiolaning eʼtiboriga tushadi. Ispaniyalik murabbiy u yerda oʻzining „Manchester Siti“ oʻyinchisi Kevin De Bryuyne taklifiga binoan tashrif buyuradi. Hamda Lavianing oʻyinlariga etibor qaratadi.

Manchester Siti Oʻn olti yoshida Lavia 2020-yilning yozida „Anderlext“ni tark etib, „Manchester Siti“ safiga koʻchib oʻtadi va oʻzining ilk professional shartnomasini imzolaydi. U Manchester Sitining U18 jamoasi safiga qoʻshiladi va u yerda boshqa futbolchilar fonida tezda ajralib turar edi. Oʻsha yilning noyabr oyida, atigi oʻn bir uchrashuvdan soʻng, Lavia allaqachon U23 jamoasi safigacha koʻtariladi. Belgiyalik yigit EDS jamoasi bilan birgalikda 2021-yil aprel oyida Premer-liga 2 chempionligini qoʻlga kiritadi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

2021 yilning yozidan boshlab Lavia asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarni boshlaydi. U 2021-2022 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida oʻynash uchun futbolchilar roʻyxati tarkibiga kirish huquqini qoʻlga kiritadi. Lavia oʻn yetti yoshida professional debyutini 2021-yil 21-sentyabrda, 2021-22-yilgi EFL kubogining uchinchi bosqichida „Uikomb Uonderers“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazadi va oʻyinda sariq kartochka oladi.

Sautgempton 2022-yil 6-iyulda Lavia "Sautgempton" jamoasi safiga koʻchib oʻtadi hamda jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Toʻlov rasman oshkor etilmagan boʻlsada, BBC Sport xabarlariga koʻra, uning boshlangʻich narxi 10,5 funt naqd hamda 3,5 funt sterling bonus va qoʻshimchalari bilan birga 13,5 funt sterlinga bahonlangani aytib oʻtilgan. Shuningdek, kelishuv shartlariga 40 funt sterling ham kiritilgani takidlab oʻtilgan qaytarib sotib olish sharti va Manchester Siti uchun 20% keyingi transferdan ulush bandi bilan birga.

2022-yilning 6-avgustida Lavia "Tottenxem" ga (4:1) qarshi oʻyinda debyut qiladi. U oʻzining ilk golini 2022-yil 30-avgustda Sautgemptonning „Chelsi“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida kiritadi va 2004-yilda tugʻilgan Premyer-ligada gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Sautgempton 2023-2024-yilgi mavsum uchun EFL chempionatiga tushib, Premyer-liga jadvalining quyi qismida mavsumni yakunlaydi.

Chelsi 2023-yilning 18-avgustida Lavia „Chelsi“ jamoasi safiga qoʻshialdi, dastlabki toʻlovi 53 million funt va qoʻshimchalar evaziga yetti yillik shartnoma imzolaydi.

Terma jamoadagi faoliyat Belgiyada tugʻilgan Lavia asli Ganalik. 2019-yilda u Belgiya U15 yoshlar terma jamoasida bitta rasmiy oʻyin oʻtkazgan hamda Belgiya U16 terma jamoasida bittadan gol urgan. Oʻshandan beri u koʻp oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashgan va ularda koʻpincha jamoa sardori sifatida terma jamoasini yetaklab tushgan.

2023-yil 17-mart kuni u Belgiya milliy terma jamoasiga ilk bor murabbiy Domeniko Tedesko tomonidan UEFA Evro-2024 saralash bosqichi doirasida Shvetsiyaga va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari kengaytirilgan tarkibiga chaqiruv oladi.

Oʻyin uslubi Lavia – himoyskor yarim himoyachi, uning taʼkidlashicha, uning ilhomlantiruvchi kumerlari "Barselona" futbolchisi Serxio Buskets va uning sobiq „Manchester Siti“dagi jamoadoshi Fernandinyolar hisoblanadi. U toʻpni qayta tiklashda, shiddatli pressingdan foydalanib, aql-zakovat, tirishqoqlik, tezlik bilan, himoya chizigʻini buzuvchi chuqur paslarni amalga oshirishda oʻzini qulay his qilishini yaqqol koʻrsatadi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Manchester Siti 2021–2022 Premer-liga 0 0 1 0 1 0 0 0 2 0 Sautgempton 2022–2023 Premer-liga 29 1 2 0 3 0 — 34 1 2023–2024 Chempionship 0 0 0 0 0 0 — 0 0 Jami 29 1 2 0 3 0 — 34 1 Chelsi 2023–2024 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 — 0 0 Karyera jami 29 1 3 0 4 0 0 0 36 1

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Belgiya 2023 1 0 Jami 1 0

Yutuqlar Manchester Siti U23

Professional rivojlanish ligasi : 2020–2021

Manbalar

Havolalar

Romeo Lavia „Chelsi“ saytida

Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Belgiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar