Azra Akın (1981-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – turkiyalik aktrisa, raqqosa, model. 2002-yil 7-dekabrda Londonda oʻtkazilgan „Dunyo goʻzali“tanlovi sovrindori. U "Yağmur Zamanı" serialidagi roli bilan dunyoga tanilgan.
Biografiyasi Akın Gollandiyaning Almelo shahrida turk oilasida tugʻilgan. Uning otasi (Nazım) va onasi (Ayda) 1971-yilda Turkiyadan Niderlandiyaga koʻchib oʻtishgan. Akınning Doruk ismli singlisi bor. 1998-yilda 17 yoshida Akın 1-marta Turkiyada eng yaxshi model sifatida tanlangan; Keyin Fransiyaning Nitsa shahrida boʻlib oʻtgan „Europe Elite Model“ tanlovida ishtirok etadi va u unda gʻolib boʻladi.
2002-yilda Azra Star TV telekanalining „Miss Turkiya“ tanlovida birinchilikni qolga kiritdi. Shundan keyin 2002-yil 7-dekabrda Londonning Aleksandra saroyida boʻlib oʻtgan „Dunyo goʻzali“ tanlovida Turkiya nomidan qatnashdi va u yerda ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Akın oʻtgan yilgi gʻolib Agba Daregoni ortda qoldirib,tiara va 156 000 dollar mukofot oladi. Akın oʻz davrida Buyuk Britaniya, Turkiya, AQSh, Yangi Zelandiya, Irlandiya, Yamayka, Avstraliya, Xitoy va boshqa koʻplab mamlakatlarga sayohat qilgan.
2003-yilda Akın Britaniyaning The Games realiti-shousida ishtirok etib, oltin medal sohibasi boʻldi.
2017-yilda u turkiyalik raqqos va model Atakan Koruga turmushga chiqdi.
Filmografiyasi +Filmlari Yillari Filmlari Rollari 2010-yil PesPese Pelin 2006-yil İlk Aşk Bahar 2005-yilTeberik Şanssız Fulya 2004-yil Anlat Istanbul Pamuk Prenses +Televideniya Yil Nomi Rol 2016-yil Dunyo goʻzali 2016 Hakam 2015-yil Dunyo goʻzali 2015 Hakam 2014-yil Dunyo goʻzali 2014 Hakam 2013-yil Dunyo goʻzali 2013 Hakam 2012-yil Muck Elif 2009-yilAyrılık Firengiz Babayev 2009-yil Ah Kalbim Oʻzi 2008-yilRüzgar Leyla 2005-yil Dunyo goʻzali 2005 Hakam 2005-yil Barend en Van Dorp Oʻzi 2004-yil Milliy qoʻshiq festivali Oʻzi 2004-yilYağmur Zamanı Sentyabr 2003-yil Oʻyinlar Oʻzi 2003-yil Janob dunyo 2003 Hakam
Manbalar
Yana qarang
(suspended site) Azra Akın Pictures Archived 2014-10-24 at the Wayback Machine at TurkishStarsDaily.com Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Turk goʻzallik tanlovi Turkum:Turk kino aktrisalari