Furqat Erkinovich Esonboyev (12-fevral 1961-yil, Boʻka tumani, Toshkent viloyati) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy. Futbolchilik davrida „Paxtakor“, Soʻgʻdiyona", „Andijon“ va „MHSK“ jamoalarida oʻynagan.
Futboldagi faoliyati Toshkentdagi Titov nomidagi sport maktabida taʼlim olgan. Professional faoliyatini 1979-yilda „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar tarkibida boshladi. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Yoshlik“ (hozirda „Soʻgʻdiyona“ nomi bilan ataladi) jamoasiga oʻtdi. Esonboyev Jizzaxliklar safida bir necha mavsum toʻp surdi. Jamoa tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri hisoblanadi. Turli yillarda Yangiyer, Start, Kosonsoy, Sohibkor, Andijon, Kimyogar, MHSK va Metallurg jamoalarida toʻp tepgan. Namanganning „Kosonsoy“ va Olmaliqning" Kimyogar" jamoalarida SSSR ikkinchi ligasida toʻpurarlar safidan oʻrin olgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach ilk bor oʻtkazilayotgan Oliy ligada (hozirda Oʻzbekiston Superligasi) ham toʻpurarlik mahoratini namoyish etishda davom etdi. 1992-yilgi Oliy liganing dastblabki mavsumida birinchi boʻlib, „Andijon“ jamoasi safida „Shahrixon“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan. Esonboyev futbolchilik faoliyatini 1998-yil Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati 1999-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshladi va „Soʻgʻdiyona“ jamoasi murabbiylar shatabida ishladi. 2007—2008-yilgi masvumda Jizzaxliklar jamoasini Oʻzbekiston Pro ligasidan Oʻzbekiston Superligasiga chiqishida katta hissa qoʻshdi. 2014-yilgi mavsumda Toshkentnng „Oqtepa“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
2026-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tartib-intizom qoʻmitasi raisi.
Shaxsiy hayot Furqat Esonboyevning oʻgli Shahboz Erkinov ham futbolchi.
Manbalar
Havolalar Furqat Esonboyev Footballfacts saytida futbolchi profili Furqat Esonboyev Teams saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Kimyogar Olmaliq klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar