Mariya Vyacheslavovna Gusarova (turmushga chiqqandan keyin Bogoyavlenskaya; 1993-yil 17-avgust, Poxvistnevo, Samara viloyati, Rossiya) — Mary Gu () nomi bilan taniqli rossiyalik qoʻshiqchi, shoira va bloger.
Biografiyasi Mariya Gusarova 1993-yil 17-avgustda Samara viloyatining Poxvistnevo shahrida tugʻilgan. Otasiz oʻsgan. Uning onasi 23 yoshida giyohvand boʻlib qoladi va hatto qizini giyohvand moddalar sotadigan joylarga olib borgan.Mashaning musiqiy isteʼdodi 4 yoki 5 yoshida paydo boʻladi. Oʻzining soʻzlariga koʻra, musiqaga qiziqish Celine Dionning Titanik filmidagi qoʻshigʻidan boshlangan. Dastlab pianino oʻrganish uchun musiqa maktabiga boradi, keyin esa pop-jazz vokaliga borgan. Mariya 11 yoshga toʻlganda, onasi giyohvand moddalarni saqlaganlik va sotganligi uchun qamoqqa hukm qilinadi. Qizni buvisi oʻz qaramogʻiga oladi. Onasi keyingi 18 yilni turmada oʻtkazadi va vaqti-vaqti bilan qisqa muddatlarga ozod qilingan. Maktabni tugatgandan soʻng Masha Samaraga koʻchib oʻtadi, u yerda Samara davlat madaniyat institutiga oʻqishga kirdi, 4 yildan soʻng uni tugatadi. Mary Gu nomii ostida mashhur qoʻshiqlarning kaverlarini Internetga joylashtirib, bu orqali maʼlum darajada mashhurlikka erishadi. Bundan tashqari, oʻzining qoʻshiqlarini ham kuylab, internetga joylagan. Mariya Golos telekoʻrsatuvining tinglovlarida qatnashgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Mariya LSPning „Bezumiye“ qoʻshigʻiga kuylagan kaveri orqali kengroq tanila boshlandi. 2017-yil boshida Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtdi. 2018-yilda Mariya „Grustniy motiv“ deb nomlangan debyut mini-albomini chiqaradi va albom 4 ta qoʻshiqdan: „Grustniy motiv“, „Dikaya“, „Zdravstvuy“, „Ya melodiya“ iborat boʻlgan. Oʻsha yilning 27-sentyabrida Mary Guning „Ay-Petri“ debyut singli chiqdi. Mariya ushbu qoʻshiqni qoʻshiqchi Seryoja Dragni bilan birga yozgan va ijro etgan. 2020-yil mart oyida Mariya Warner Music Russia leyblida oʻzining „Disney“ debyut albomini chiqaradi. Bosh qoʻshiq uchun videoklip suratga olinadi. 2021-yilda „Ne vlyublyaysya“ singli platina statusini oldisingl „Ne vlyublyaysya“ za neskolko mesyatsev stal.. | Mary Gu | VK.
Shaxsiy hayoti 2018-yil avgust oyida musiqachi va bloger hamda PR menejeri Dmitriy Bogoyavlenskiyga turmushga chiqadi. 2022-yil 29-aprelda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida er-xotin ajrashish qarorini eʼlon qilishadi, biroq ular doʻstona va ish munosabatlarini saqlab qolishganini maʼlum qilishadi. 2021-yil dekabr oyida xonanda va uning prodyuseri turli yillarda Qrimga tashrif buyurgani uchun 3 yilga Ukrainaga kirish taqiqlangan.
Diskografiyasi
Studiya albomi Nom Tafsilotlar „Disney“ Chiqqan: 2020-yil 12 mart Leybl: Warner Music Russia Format: raqamli distributsiya
Mini albomlari (EP) Ism Tafsilotlar „Grustniy motiv“ Chiqqan: 2018-yil 17-sentyabr Leybl: Klever Label Format: raqamli distributsiya „Xorosheye i ploxoye“ Chiqqan: 2021-yil 1-aprel Leybl: Warner Music Russia Format: raqamli distributsiya „Ploxoye i xorosheye“ Chiqqan: 2021-yil 22-aprel Leybl: Warner Music Russia Format: raqamli distributsiya
Televideniyada
2021-yil 17-apreldan boshlab TNT Music telekanalida „Russkiy chart“ boshlovchisi 2022-yil 25-fevraldan boshlab Muz-TVda „Russkiy chart“ boshlovchisi.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:17-avgustda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar