Wei Yi (1999-yil 2-iyunda tugʻilgan) – xitoylik shaxmat grossmeysteri.

Wei 13 yosh 8 oy 23 kunligida grossmeysterlik unvonini qoʻlga kiritdi. Bu tarixdagi eng yosh 9-grossmeystr unvoni edi. U 2700 reytingga erishgan eng yosh shaxmatchi boʻlib, 15 yoshida bu muvaffaqiyatga erishdi Vey Xitoy shaxmat ligasida Jiangsu klubini himoya qiladi va shaxmat boʻyicha uch karra Xitoy chempioni, shuningdek, shaxmat boʻyicha 2018 yilgi Osiyo chempioni hisoblanadiChinese Chess League: Wei Yi OlimpBase.

Faoliyati

Bolalik yillari 2007-yilda Wei 8 yoshida shaxmat boʻyicha Xitoy chempionatining B guruhida qatnashib, grossmeyster Zhou Jianchaoga qarshi durang natijani qayd etgan.

2009-yilda Wei Yi Gretsiyaning Saloniki shahrida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi 5-jahon shaxmat chempionatining 11 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar bahsida gʻolib boʻldi5th WORLD SCHOOL CHESS CHAMPIONSHIP OPEN UNDER 11. .

2010-yilda u shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqada gʻolib chiqdi. Shundan soʻng yoshlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ham xuddi shu toifada gʻolib chiqdi.

2012-yil Avgust oyida u Afinada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida grossmeystr normasini bajaradi. Ushbu turnirda Richárd Rapport ustidan gʻalaba qozondi. Yakunda turnir gʻolibi boʻlgan Alexander Ipatov bilan durang taijani qayd etadi.

Shu yilning oktyabr oyida u Shaxmat boʻyicha Indoneziya ochiq chempionatida Michal Krasenkow va Sergey Fedorchuk ustidan gʻalaba qozondi.

2013-yil Fevral oyida u Reykjavik ochiq chempionatida 7½/10 ballni qoʻlga kiritdi. Maxime Vachier-Lagrave ustidan gʻalaba qozongan Wei yakunda 6-oʻrinni egalladi.

Avgust oyida Yi Tromsøda boʻlib oʻtgan FIDE Jahon kubogida debyut qildi. Shunda u FIDE prezidenti nomzodlaridan biri edi. Wei birinchi raundda Ian Nepomniachtchi, ikkinchi raundda Alexei Shirovni, uchinchi raundda Shakhriyar Mamedyarovni nokautga uchratdi.

Noyabr oyidagi FIDE reytingida 14 yosh 4 oy va 30 kunlik boʻlgan Wei 2604 reytingga erishdi va shu tariqa tarixda 2600dan yuqori reytingga erishgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Shu tariqa Wesley Soga tegishli rekordni yangiladi.

2014-yil Iyun oyida Wei Yi finalda Francisco Vallejo Ponsni magʻlub etib, León rapid turnirida gʻolibi boʻldi.

Avgust oyida u Tromsødagi 41-shaxmat Olimpiadasida Xitoy sharafini himoya qildi. Yi 4/5 hisobni qayd etib, Xitoy terma jamoasining oltin medalni qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

Oktyabr oyida Hindistonning Pune shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Lu Shangleidan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.

2019-yil 2019-yil dekabr oyida Wei Yi FIDE Grand Prix 2019 nufuzli turnirining toʻrtinchi bosqich finaliga chiqdi (yarim finalda Devid Navarani tay-breklarda magʻlub etdi). Soʻnggi raundda Ian Nepomniachtchiga yutqazib, turnirda umumiy hisobda oltinchi oʻrinni egalladi.

2022-yil Wei Yi FTX Road to Miami turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. Finalda Levon Aronianga magʻlub boʻldi.

Wei ishtirokidagi yirik oʻyinlar

Vey Yi Lazaro Bruzon Batistaga qarshi, 6-Xaynan Danchjou (2015) . Bu Edvard Lasker va Ser Jorj Tomas oʻrtasidagi 1912-yilgi mashhur oʻyinni ezlatuvchi „Oʻn yillik oʻyini“ deb taʼriflanganHainan Danzhou and Wei Yi’s immortal game, Chessbase, 7 April 2015. Vey Yi vs. Anne Xaast, Tata Steel guruhi B (2015) Vey Yi vs. Aleksey Shirov, JCh-2013 Vey Yi vs. Sergey Karjakin, Tata Steel-Masters 2017

Talabalik hayoti 2018-yilda Wei Xitoydagi nufuzli Tsinghua universitetining Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetiga talaba sifatida qabul qilindi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar