Nalini Singx – asl nasl-nasabi hind boʻlgan Yangi Zellandiyalik yozuvchi. U koʻplab ishqiy romanlar muallifi sifatida mashhur.

Taʼlimi Asli hind millatiga mansub boʻlgan Nalini Singh 1977-yilda Fijining Suva shahrida dunyoga kelgan va 10 yoshga yetganida oilasi bilan Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga koʻchib oʻtishgan. U Mount Roskill Schoolda tahsil olgan, keyin Oklend universitetida huquq yoʻnalishida va ingliz adabiyoti fakultetida tahsil olgan, u yerni 2001-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Ijodi 1999-yilda Singh Yangi Zellandiyaning „Romance Writers“ tanlovida uchinchi oʻrinni egallab, Clendon mukofoti sovrindori boʻldi. Bundan soʻng 2001-yilda uning „Coaxing the Sheik“ qoʻlyozmasi eng yuqori oʻrinni egallagan Mills and Boon uchun Jeyn Porter mukofotini, shuningdek, oʻsha yili „Readers Choice“ mukofotini qoʻlga kiritdi. „Coaxing the Sheik“ uning nashr etilgan ilk asari boʻlib, 2003-yilda "Desert Warrior" nomi bilan chop etilgan.

Adibaning kitoblari Nyu-York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida, USA Today gazetasining eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida, shuningdek, Publishers Weeklyning ham eng koʻp sotilganlar roʻyxatidan oʻrin egallaganhttp://www.publishersweekly.com/pw/bestsellers/mass-market-paper/20100215.html Publishers' Weekly best-sellers for 15 February 2010.

Eʼtirof etilishi Yozuvchi bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, eng yaxshi roman uchun „Julius Vogel Award“ mukofoti (ikki marta, 2008- va 2009-yillarda qoʻlga kiritgan)http://sffanz.sf.org.nz/sjv/sjvResults-2009.shtml Sir Julius Vogel awards 2009. „Favourite Paranormal Romance at the 2020“ tanlovida Favourite Paranormal Romance nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Uning 2021-yilgi jinoiy romani muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, "Ngaio Marsh Awards" tanlovining Eng yaxshi jinoyat mavzusidagi roman uchun bellashuvda finalist boʻlgan.

thumb|Nalini Singx Nyu-Yorkda „Heart of Obsidian“ asarini muhokama qilmoqda.

Manbalar

Havolalar

Nalini Singxning shaxsiy veb-sayti NZ Herald eng koʻp sotilgan roʻyxati NY Times eng koʻp sotilgan roʻyxati (2010-yil 12 noyabr) Ser Julius Vogels mukofoti gʻoliblarining 2008 va 2009 yillardagi rasmiy roʻyxati SJV mukofoti gʻoliblarining BookAwards roʻyxati SJV gʻoliblari haqida hisobot SJV gʻoliblari haqida PublishMe hisoboti Yozuvchi ayollar Klendon mukofoti Yangi Zelandiya Incorporated romantizm yozuvchilari tomonidan boshqariladi

Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Adiblar