Pegine Echevarria Millati amerikalik Kasb(lar)i Tadbirkor, muallif va ruhlantiruvchi notiq. Tanilgan Team Pegine, Inc. Mashhur asarlari White Men Are Diverse Too!„Beyond Race and Gender; Bringing Workplace Diversity to a Higher Level“. 22 September 2010. Retrieved 17 June 2016 – via washingtonpost.com., For All Our Daughters: How Mentoring Helps Young Women and Girls Master the Art of Growing Up. Turmush oʻrtogʻi Doktor David Herbin. Pegine Echevarria (talaffuzi: Peh-geen Etch-uh-vuh-ria) – amerikalik tadbirkor, muallif, motivatsion notiq, life coach va Jeksonvilda joylashgan Team Pegine, Inc bosh ijrochi direktori.
Yoshligi Echevarrianing bolaligi zoʻravonliklar va ijtimoiy muammolarga, axloqsizliklarga toʻla kambagʻal mahallada kechgan. U jinoiy guruh aʼzosi boʻlganligi sabab oʻrta maktabdan haydalgan. Xolasi, buvisi va Girl Scout rahbarining yordami bilan u Nyu-Yorkdagi davlat maktabida oʻz faoliyatini boshlashga muvaffaq boʻlgan va keyinchalik erkaklar kiyimlari ishlab chiqariladigan zavodda ishlagan.
Uning "For All Our Daughters: How Mentoring Helps Young Women and Girls Master the Art of Growing Up"„Q&A: Pegine Echevarria; Mentoring for Girls and Young Women“. The New York Times. 19 April 1998. Retrieved 17 June 2016. nomli kitobida u oʻzining yoshligi va ish faoliyati davomida duch kelgan qiyinchiliklariga hamda mingga yaqin ustozlar, qizlar va ota-onalar, yoshlar bilan suhbatlariga asoslangan.
Faoliyati Echevarria Adelphi universitetida ijtimoiy ish boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagandan soʻng New York City Parent Educators Network ga asos solgan. Ota-onalarni ushbu mavzu boʻyicha oʻrgatish borasidagi saʼy-harakatlarida u 35 nafar hurmatga sazovor ekspertlarning yosh bolalarga kreativ gʻoyalarni oʻrganishiga yordam berish boʻyicha ota-onalar va oʻqituvchilar uchun qoʻllanma (Maktabgacha nashrlar, 1997) muallifi sifatida hissa qoʻshgan. U, shuningdek, yosh bolalarning xulq-atvorini yoʻnaltirish: 28 ta bolalar ekspertlarining ota-onalar va oʻqituvchilar uchun foydali gʻoyalar, Ota-onalar va oʻqituvchilarning yosh bolalarni oʻrganishiga yordam berish boʻyicha qoʻllanmasi: 35 hurmatga sazovor Mutaxassislardan kreativ gʻoyalar, va Mening Oʻzim Mening Oilam Mening Doʻstlarim: 26 Mutaxassisdan yoshlarning oʻz-oʻziga hurmati haqidagi tadqiqotlar.
2012-yilda Echevarria Clorox kompaniyasida va Miami Dade College dagi Clorox/Ispan stipendiya jamgʻarmasida "Dream Without Limits" tadbirining boshlanishi doirasida taqdim etilgan qismida notiqlik qilgan.
Uning Team Pegine kompaniyasi Shimoliy Floridadagi eng tez rivojlanayotgan 50 ta kompaniya qatoriga kirgan. 2012-yilning may oyida uning kompaniyasi Barack Obama raisligidagi Milliy savdo markazida Vyetnam urushining 50-yilligini xotirlash uchun Mudofaa vazirligi tomonidan 8(a) shartnomasi bilan taqdirlangan. Echevarria, shuningdek, faxriylarga yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻlish va fuqarolik hayotida yashashga yordam berish uchun Success4Vets jamgʻarmasini yaratdi. Loyiha faxriylar jamoasini tashkil qilishdan tashqari, imkoniyatlar bilan bir qatorda moliyaviy mablagʻlar bilan ham taʼminlagan.
Echevarria turli xillikning faol tarafdori va inson resurslarini boshqarish mutaxassisi sifatida ish yuritgan. U National Speakers Association ning professional sertifikatlangan notigʻi va 58 aʼzodan iborat mashhur motivatsion notiqlar zaliga, hamda Million dollarlik maʼruzachilar guruhidagi yagona Latina notiq sifatida kiritilgan. Shuningdek, „Shimoliy Florida okrugi va Florida shtati uchun 2010-yil biznesdagi chempioan ayollar“ da ham nomi koʻrsatilgan. U Minority Business Entrepreneur (Kam sonli biznes tadbirkorlari) jurnalida koʻrsatilgan va „Biznesda choʻqqiga koʻtarilayotgan ayol“ sifatida muqovasidan joy olganRock Women pegine.com. U Forbes jurnalida chop etilgan „Mashhur spiker tadbirkor ayollarga maslahatlar beradi“ maqolasida sharhlovchi Devin Thrope (ijtimoiy tadbirkorlik va taʼsirli investitsiyalarni yoritadi) ga intervyu beradi. Thorpe yana oʻzining onlayn-shousi uchun Peginedan ham intervyu oladi.
Pegine Inson resurslarini boshqarish jamiyatidagi 100 ta global xilma-xil va yangicha fikr yetakchilari nomini olgan. U SHRMning sobiq Diversity Special Expertise Panel aʼzosi boʻlgan.
Mukofot va nominatsiyalari
Pearl of The Beaches for her work on womenʼs issues Motivational Speakers Hall of Fame Certified Speaking Professional, National Speakers Association to Awards.
Kitoblari
For All Our Daughters How Mentoring Helps Young Women and Girls Master the Art of Growing Up (1996) Sometimes You Need to Kick Your Own Butt (2002) Menda yetakchilik va katta oʻylash kuchi bor (2012) Tengo El Poder Pensar Grande (2012) Maqtanish huquqi: 21 kun ichida jamoangizni oʻzgartiring (2012)
Manbalar
Turkum:Articles with hCards Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Sharhlovchilar Turkum:Biznes boʻyicha kitoblar Turkum:Ayol yozuvchilar Turkum:Muallif Turkum:Tadbirkorlar