Law Adam () () (1908-yil 11-iyun – 1941-yil 15-may) – golland va shveytsariyalik futbolchi, Shveysariya va Niderlandiya terma jamoalarining sobiq oʻyinchisi.
Futbolchilik faoliyati Adam futbolchilik faoliyatini Gollandiyaning HVV klubida boshlagan. Adam HVV klubiga Gaaga shahridagi akademiyadan qoʻshilgan. 19 yoshida Adam oʻqish uchun Syurixga joʻnab ketgan va u yerda „Grasshopper“ jamosida oʻynay boshlagan. 1929-yilda Adam Shveysariya terma jamoasida Avstriya termasiga qarshi oʻyinda terma jamoa safida debyut qilgan. Oradan bir yil oʻtib Gollandiya terma jamoasi Shveysariyaga tashrif buyurgan va Adam oʻzining vatani Gollandiya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Uchrashuv 6:3 hisobida Shveysariya foydasiga hal boʻlgan.
Keyinchalik Adam Gollandiya terma jamoasi safida 11 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1932-yilda u Germaniya jamoasiga qarshi Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan va 2:0 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻz jamoasi uchun ikkala golni urishga muvaffaq boʻlgan. 1933-yilning bahorida Adam HVV klubiga qaytgan, ammo yurakdagi muammolari uni bir necha oydan soʻng 24 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur qilgan.
Oʻlimi 1941-yil 15-mayda Gollandiyaning Sharqiy Hindistonidagi Surabaya shahrida Tor va Anasher jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini chogʻida 32 yoshida vafot etgan. Adam bu bahsda ikkita gol urgan va sheriklariga uchta golli uzatma bergan. Ikkinchi boʻlimning sakkizinchi daqiqasida yuragini ushlab maydonni tark etgan. Oʻsha uchrashuvning bosh hakami Lambek De Scheidsrechter jurnalida Adamning oʻlimi haqida intervyu bergan. Adam maydonni tark etgach, hakam undan hol-ahvol soʻraganida, Adam shunday javob bergan: „Mening yuragim yana nayrang oʻynayapti, lekin yigitlarning ustunligi bor, men dam olaman“. .
Manbalar
Turkum:1941-yilda vafot etganlar Turkum:15-mayda vafot etganlar Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:11-iyunda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar