Jafar Gafar oʻgʻli Jabbarli ( 1899-yil 20-mart, Xiziy — 1934-yil 31-dekabr, Boku) — ozarbayjon dramaturgi, shoiri, rejissyor va ssenariynavis ijodkorlardan biri hisoblanadi.
Hayoti 1902-yilda otasi vafotidan keyin Jabbarlining onasi to‘rt farzandi bilan Bokuga ko‘chib o‘tgan. 1915-yilda Jabbarli o‘rta maktabni tugatib, keyingi 5 yil davomida Boku politexnikumida elektromexanika bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan. 1920-yilda Ozarbayjon Davlat universitetining amaliy tibbiyot fakultetiga oʻqishga qabul qilingan ammo bu sohaga qiziqishi yoʻqligi sababli tez orada sharqshunoslik oyoʻnalishiga oʻtdi. 1923-yilda Jafar Jabborli dramaga boʻlgan qiziqishini qondirish uchun mahalliy teatrda ma'ruzalarga qatnasha boshladiJafar Jabbarli: Life and First Years of Education (archived).
Jafar Jabbarli 35 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi hamda uni Faxriy xiyobonga dafn qilindi. Bokudagi milliy kinostudiya, “Ozarbayjonfilm” kinostudiyasi, koʻcha va metro bekati Jafar Jabborlining nomi bilan ataladigan boʻldi.
1985-yil 22-mayda “Jafar Jabbarli yodgorlik uyi” muzeyi ochildi. I.Gutgashinli ko‘chasi 44-uyda (sobiq G.Sultonov ko‘chasi) Jafar Jabbarli istiqomat qilgan ediJafar Jabbarly: Museum (archived).
Adabiyot, teatr va kino Jafar Jabbarli oʻsmirlik chogʻlaridayoq sheʼr yozishni boshlagan va ilk sheʼrlarini 1911-yilda Ozarbayjon “Hagigat-i Afkar” gazetasida chop etgani haqida xabar berilgan ediJafar Jabbarli: Life and First Years of Education (archived). Keyingi yillarda Jafar Jabborli 20 dan ortiq pyesalar, she’rlar, ocherklar, hikoyalar, maqolalar yozgan. Uning asarlari 1920-yillarda kommunistik shon-shuhrat tashviqotidan juda ta'sirlangan va tenglik, mehnat, ta'lim, kosmopolitizm, ayollarning ozodligi, madaniy siljishlar va boshqalar kabi tegishli mavzularni nishonlagan. Jabbarlining Yevropa spektakllarini o‘rtacha ozarbayjonliklarga tanitishdagi eng katta yutug‘i juda ham mashhur boʻlgan asari Uilyam Shekspirning “Gamlet” asarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgani bo‘ldi. Hamda ushbu asar orqali juda ham katta muhlislarga ega boʻldi.
Jafar Jabborli 1925-yilda va bir yildan keyin Ozarbayjon drama teatrida rejissyorlik qilganJafar Jabbarli: Translations (archived).
Jafar Jabbarli Ozarbayjonda ssenariynavislikning asoschisi sanaladi. Uning 1928-yilda yozilgan ikkita pyesasi — Sevil va Olmaz, 1929 va 1936-yillarda filmlarga aylantirilgani bizga ma'lum va mashhurdir. Ikkalasi ham ayollarning roli, ularning zulmi, kurashi va pirovardida eski patriarxal an'analar ustidan qozonilgan gʻalaba mavzusiga e'tibor qaratgan ediJafar Jabbarly: Third period of the writer's creative activity (1928-1934) (archived)Jafar Jabbarly: Film Activity (archived).
Yana qarang
Jafar Jabbarli uy-muzeyi (Boku) Ozod qilingan ayol haykali
Manbalar
Tashqi havolalar
Cafarcabbarli.com (arxivlangan) Jafar Jabbarlining qisqa hikoyalari va dramalari Azeri.org saytida Turkum:Ozarbayjon ateistlari Turkum:1934-yilda vafot etganlar Turkum:1899-yilda tugʻilganlar