thumb| Yordam uchun signal ishora: Yordam ishorasi (yoki uydagi zoʻravonlikda qoʻllaniladigan ishora) bu bir qoʻli bilan ishlaydigan imo-ishora boʻlib, u videoqoʻngʻiroq orqali yoki shaxs tomonidan oʻzini tahdid ostida his qilayotganda yordamga muhtojligi haqida ogohlantirish uchun foydalanishi mumkin. Ushbu ishora butun dunyo boʻylab COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq. Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish choralari bilan bogʻliq vaziyatda oiladagi zo'ravonlik holatlarining koʻpayishiga qarshi kurashish vositasi sifatida yaratilgan.

Ishora bir qoʻlni yuqoriga koʻtarib, bosh barmogʻini kaft ichiga bukib, soʻngra boshqa toʻrtta barmoqlarni jipslashtirib pastga bukish orqali amalga oshiriladi. (5-4-0) Ramziy maʼnoda bosh barmogʻini qolgan barmoqlar bilan ushlab turish tushuniladi. U bir harakat bilan emas, balki bir necha harakatda boʻlishining sababi zugʻm oʻtkazuvchi insonning buni payqamasligi.

Yordam Kanada ayollar jamgʻarmasi tomonidan yaratilgan. 2020-yil 14-aprelda ommaga taqdim etilgan. Tez orada u TikTok ijtimoiy video platformasi orqali tarqaldi va Xalqaro ayollarni moliyalashtirish tarmogʻi (WFN) tomonidan qabul qilindi. Bu Kanada va xalqaro axborot tashkilotlari tomonidan oiladagi zoʻravonlik holatlarining koʻpayishi muammosiga zamonaviy yechim topishga yordam bergani uchun keng maqtovga sazovor boʻldi.

Zoʻravonlar bunday keng tarqalgan usuldan xabardor boʻlishlari mumkinligi haqidagi xavotirlarga eʼtibor qaratib, Kanada ayollar jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlar bu signal faqat ayollar orasida tarqalishiga harakat qildilar.

Manbalar

Turkum:Qo‘l imo-ishoralari