Ato Ahrorov (1938-yil 3-iyul, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2023-yil 25-may, Samarqand, Oʻzbekiston) – kinooperator, sanʼat fanlari nomzodi, SSSR kinematograflar ittifoqi aʼzosi, SSSR kinematografiyasi aʼlochisi, Tojikiston xalq artistiKinofestivali panҷumi „Didor“ shurӯʼ shud.

Hayoti Ato Ahrorov 1938-yil 3-iyul kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1955-yil Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomlagan. 1960-yil esa Samarqand davlat universitetining tojik tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Ato Ahrorov 1960-yili Dushanbe shahriga koʻchib oʻtgan. Shu yili Ahmad Donish nomidagi tarix instituting sanʼatshunoslik boʻlimida kichik ilmiy xodim sifatida ish faoliyatini boshlagan. U 1960-yildan 1961-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasida tahsil olgan. 1962-yildan 1963-yilgacha Afgʻonistonda xizmat safari bilan boʻlib, u yerda tarjimonlik bilan shugʻullangan. Ato Ahrorov 1963-yildan 1967-yilgacha SSSR Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat institutida aspirantura taʼlim bosqichida tahsil olgan. Oliygohda „1962-1965-yillarda tojik kinolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1994-yildan 1995-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasining sanʼatshunoslik boʻlimi mudiri lavozimida ishlgan. 1996-yil Samarqandga koʻchib oʻtgan. 1997-yildan 2003-yilgacha Samarqand davlat universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2005-yildan 2007-yilgacha esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialining ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. Ato Ahrorov 2023-yil 25-may kuni Samarqand shahrida vafot etgan.

Ijodiy faoliyati Ato Ahrorov tojik kinolari boʻyicha tadqiqotchi boʻlib, kino va teatr sohalariga oid ilmiy ishlar va maqolalar muallifi hisoblanadiEnsiklopediyai adabiyot va sanʼati toҷik.(iborat az 3 ҷild). Ҷildi I(ABAY – KALIM)- Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii Ensiklopediyai sovetii toҷik, 1988.. Shuningdek, „Tojik film“ badiiy kengashining aʼzosi va „Kino olamida“ telekoʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Tojikiston xalq artistlari Turkum:Tojikiston olimlari Turkum:SSSR Kinematografiyachilar uyushmasi aʼzolari