Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi ()—Gruziya hukumatining mamlakatdagi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish uchun mas’ul vazirligidir. Uning bosh ofisi Tbilisida joylashgan"Main ." Ministry of Economy and Sustainable Development. Retrieved on 6 February 2011. „Address:12 Chanturia Str., Tbilisi, 0108, Georgia.“. Hozirgi kunda vazirlik Levan Davitashvili tomonidan boshqariladi. Tashkil topishi Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tashkil etilgan. 2010-yilda hukumat tuzilmasini qayta qurish jarayonida u Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi deb oʻzgartirildi.

Vazirlikning asosiy vazifalari samarali iqtisodiy siyosatdan foydalangan holda mamlakatda iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishdir. Davlatning iqtisodiy siyosati Gruziya hukumatining 2004-2009-yillarga moʻljallangan „Birlashgan va kuchli Gruziya uchun“ nomli harakat strategiyasida tasvirlangan. Ushbu chora-tadbirlar makroiqtisodiy siyosatdan foydalanish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga tadbirkorlik faoliyatini liberallashtirish, xususiy tadbirkorlar uchun qulay, shaffof va barqaror qonunchilikni yaratish, faol xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish va xususiy sektorni mustahkamlashni qoʻllab-quvvatlash, litsenziyalar va ruxsatnomalar berishni osonlashtirish, iqtisodiyotni tartibga solish va bozorlarni monopolizatsiyadan himoya qilish, turizm, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish kabi dasturlar kiradi.

Tarkibiy qismlari Birlashgan transport boshqarmasi 2005-yildan 2011-yilgacha Gruziyaning transport agentligi boʻlgan va u mamlakatda avtomobil transporti, fuqarolik aviatsiyasi va dengiz transportini boshqarishni birlashtirgan. Agentlik avval iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligiga, soʻngra mintaqaviy rivojlanish va infratuzilma vazirligiga boʻysundi. Agentlikning bosh ofisi Tbilisida joylashgan"Contact ." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011. „Address: Al. Kazbegi ave. 12 Tbilisi, Georgia“ Address in Georgian : „თბილისი ალ. ყაზბეგის N12.“.

2011-yil fevral oyida Birlashgan transport boshqarmasi avtomobil transporti, fuqaro aviatsiyasi va dengiz transporti agentliklariga boʻlindi, ularning har biri alohida tashkilot boʻlib, Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligining umumiy nazorati ostida ერთიანი სატრანსპორტო ადმინისტრაციის დაშლის შესახებ კანონპროექტს მესამე მოსმენით დაამტკიცებენ (The Parliament votes for the split of the United Transport Administration). GHN News Agency. February 21, 2011.

Boʻlinmalar Boʻlinmalarga quyidagilar kiradi: Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi"Civil Aviation Department ." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011. Dengiz transporti boshqarmasi"Maritime Transport Department ." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011. Avtomobil transporti boshqarmasi"Road Transport Department ." United Transport Administration. Retrieved on 6 February 2011.

Vazirlar Vladimir Papava (1994–2000 yillar) Ivane Chxartishvili (2000–2001-yillar) Giorgiy Gachechiladze (2001–2003_yillar) Irakli Rexviashvili (2003-yil noyabr-2004-yil iyun) Kakha Bendukidze (2004-yil iyun-2004-yil dekabr) Lekso Aleksishvili (2004-yil dekabr-2005-yil iyun) Irakli Chogovadz (2005-yil iyun-2006-yil noyabr) Irakli Okruashvili (2006 yil noyabr) Giorgi Arveladze (2006-yil noyabr-2008-yil yanvar) Eka Sharashidze (2008-yil yanvar-2008-yil dekabr) Lasha Jvaniya (2008-yil dekabr-2009-yil avgust) Zurab Pololikashvili (2009-yil avgust-2010-yil iyul) Vera Kobaliya (2010-yil iyul-2012-yil 25-oktyabr) Giorgiy Kvirikashvili (2012-yil 25-oktyabr-2015-yil) Dimitriy Kumsishvili (2015-yil 1-sentyabr-2018-yil) Giorgi Kobuliya (2018-yil 1-sentyabr-2019-yil 18-aprel) Natela Turnava (2019-yil 18-aprel-2022-yil 9-fevral) Levan Davitashvili (2022-yil 9-fevral-hozirgi kungacha)

Manbalar

Turkum:Gruziya vazirliklari