thumb|Pashayevga bagʻishlangan Ozarbayjon markasi

Mir Anvar Pashayev (; Mir Jalal nomi bilan ham mashhur; 1908-yil 26-aprel, Xalxal, Eron – 1978-yil 28-sentabr, Boku) – ozarbayjonlik yozuvchi hamda adabiyotshunos. Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning bobosi.

Taʼlim va faoliyati 1928-yilda Ganjada taʼlim yoʻnalishini tugatgan. Ikki yildan soʻng Tataristonning Qozon universitetida oʻqishini davom ettirdi. Keyinchalik Mir Jalal Boku oliy taʼlim institutiga oʻqishga kirgan. Oʻqib yurgan chogʻida u turli gazetalarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Ular orasida eng koʻzga koʻringani „Young Worker“ boʻlib, ushbu gazetada Ozarbayjonning koʻplab taniqli adabiyot arboblari ishlagan. 1933-yilda Ozarbayjon davlat universitetida Ozarbayjon adabiyoti tarixi boʻyicha tadqiqotchi boʻlib ishlagan. Magistrlik dissertatsiyasi sifatida XV asrning mashhur ozar shoiri Fuzuliy sheʼriyati haqida kitob yozgan. 1947-yili Boku davlat universitetining professori boʻlgan. Butun umrini oʻqituvchilik va yozuvchilikka bagʻishlaganThe Life and Works of Mir Jalal (1908–1978) by Hasan Javadi. Azeri.org.

Mir Jalal oʻrta asrlarda yashagan mashhur shoir va faylasuf atoqli shoir ijodi boʻyicha oʻzining ilmiy topilmalari va izlanishlari bilan Fuzuliy maktabining takomillashuvida katta rol oʻynadi. Mir Jalal nomzodlik dissertatsiyasida ham shu mavzudagi izlanishlarini davom ettirdi. Bundan tashqari, uning „Foundations of the literature“, „20th century Azerbaijani literature“ nomli asarlari ilmiy doiralarda tadqiqotchilar, akademiklar va talabalar uchun material sifatida foydalaniladi.

Pashayev 12 yoshida sovet byurokratiyasini masxara qiluvchi satirik qissalari bilan tanilganMir Jalal Pashayev, Dried up in the Meetings. Azerbaijan International. Spring 2004, #12.1.

Eng mashhur kitoblari:

Dirilen odam (1936) Bir gəncin manifesti (1938) Yolumuz hayanadır? (1957) Yaşıdlar (1984).

Mukofot va unvonlari

Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969) Ozarbayjon komsomol mukofoti laureati (1968).

Manbalar

Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:Ozarbayjon yozuvchilari Turkum:Ozarbayjon adabiyotshunoslari Turkum:Ardabillik kishilar Turkum:Ozarbayjon SSR Lenin komsomol mukofoti laureatlari Turkum:Sovet yozuvchilari