Ann Turkel Turkel Matt Helm (TV series), 1975-yil. Kasb(lar) Aktrisa, model Faoliyat yillari 1968-yildan hozirgi kungacha Turmush oʻrtogʻi Richard Harris Ann Kathryn Turkel - amerikalik aktrisa va taniqli model. Mashhur aktyor Richard Harris bilan hamkorlik qilgani va unga turmushga chiqqanligi bilan tanilgan.

Taʼlimi thumb|Richard Harris va Ann Turkel 1977-yilda Turkel Yahudiy oilasida dunyoga kelgan va Manhattanda voyaga yetgan. U 16 yoshga yetganda Neighborhood Playhouseʼda Sanford Meisner va Amerika Musiqiy va Dramatik Akademiyasida Filipp Burton bilan birga oʻqiganGoodwin, Cliff (2003). Behaving Badly: Richard Harris. London: Virgin Books. p. 162. .. Mana shu taʼlim dargohlari yosh Turkelning taniqli aktrisa boʻlib yetishishiga yordam bergan.

Faoliyati 1960-yillarning oxirida aktrisa „American Vogue“ uchun suratga tushgan. Patrick Lichfield 1970-yillarning boshlarida Birlashgan Qirollik, Bagama orollari va Italiyada uning modellik chiqishlarini suratga oldi va ularni 1981-yilga kelib "The Most Beautiful Women" kitobiga kiritganLighfield, Patrick (1981). The Most Beautiful Women. London: Elm Tree. p. 54. ..

Turkel „Paper Lion“ (1968) filmida kichik rolni ijro etganidan soʻng, bosh rollarga taaklif etila boshladi. Birinchi asosiy roli 1974-yilda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Richard Harrisning "99 and 44/100% Dead" filmidagi ijrosi boʻlgan. Keyinchalik ham ular filmlarda birgalikda arol ijro etishgan. "The Cassandra Crossing" (1976), "Rendezvous" (1977) va "Ravagers" (1979) shular jumlasidandir.

U 1982-yilda bir tele-shouda komiks qahramoni Modesty Blaisenitasvirlab, koʻpchilikning olqishiga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Turkel va Harris 1974-yilda Beverly Hillsda turmush qurishgan. Ularning oilaviy munosabatlari uzoqqa choʻzilmadi. 1982-yilga kelib, maʼlum sabablarga koʻra ajrashishdi. Ajrashganiga qaramay, Turkey va Xarris yaxshi doʻst boʻlib qolishgani muxlislarga maʼlum.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Modellar (kasb)