Abubakr Mirzo (1382—1409) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning nabirasi.
Hayoti Abubakr Mirzo Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning toʻngʻich nevaralaridan biri. 1382-yilda tugʻilgan. Onasi Chigʻatoy ulusi hukmdori Suyurgʻatmishxonning qizi Oʻrin Sulton Xonika Begim. 1389-yilda Abubakr Mirzo amir hoji Sayfiddin Barlosning qiziga unashtirilgan. 1392-yilda Samarqandda amir hoji Sayfiddin Barlosning qizi bilan oila qurgan.
Abubakr Mirzo 1400-yil kuzida Mamluklar sultonligi bilan urush paytida Halab va Hamoni egallashda qatnashdi. Usmonli imperiyasi bilan urush paytida u otasi va bobosi qoʻshinlarining yordamiga qaramay, oʻjarlik bilan serb jangchilariga birinchi boʻlib hujum qilgan. Oʻng qanotning avangardiga qoʻmondonlik qilgan, Anqara jangida qatnashgan. Serb-usmonli qoʻshini ustidan gʻalaba qozonib, Sulton Boyazidning oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni taʼqib qilgan. Iznik shahrini egallab, boy oʻlja bilan bobosining oldiga qaytib kelgan.
1403-yilda taxt vorisi Muhammad Sulton vafotidan keyin Bagʻdod hukmdori boʻldi. Oʻsha yili u Qoraqoʻyunlular boshligʻi Qora Yusufni magʻlub etdi, uning ukasi Qora Ali jangda halok boʻldi va Qora Yusufning barcha mollari gʻoliblar tomon oʻtdi. Gʻalabadan soʻng Abubakr 1401-yilda vayron boʻlgan Bagʻdodni va Iroqning iqtisodiy holatini tiklashga kirishib, Qora Yusuf bosqinlari chogʻida vayron boʻlgan hududni tiklashga harakat qildi.
1405-yilda bobosi vafotidan soʻng, u xutba oʻqitib, otasining nomi yozilgan tangalar zarb qilgan. Samarqand taxtini egallagan Xalil Sultonning taklifiga binoan u otasi bilan Samarqandga keladi. Bir muddat Samarqandda yashagan. Keyinchalik ukasi Umar Mirzo isyon koʻtaradiКлавихо Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура.
Abubakr otasining oldiga qaytib keladi va ukasi Umar Mirzoga qarshi urush boshladi, Umar va uning tarafdorlariga tegishli bir qancha qal’alarni egallaydi.
1406-yil aprelda amakivachchalari Rustam Mirzo, Pir Muhammad Mirzo va Iskandar Sulton Mirzo Umar Mirzo bilan ittifoq tuzib, unga qarshi urush boshladilar, ammo Abubakr qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi.
1408-yil aprelda u otasi bilan birgalikda Qora Yusufga qarshi yurish qildi, ammo ularning qoʻshini magʻlubiyatga uchradi va Miranshoh jangda vafot etdi. Abubakr Kirmonga chekinadi. Seyistonda vafot etadiФасих Хавафи Фасихов свод.
Manbalar
Turkum:Temuriylar sulolasi Turkum:1382-yilda tugʻilganlar