Stephen Richards Covey (1932-yil 24-oktabr — 2012-yil 16-iyul) — amerikalik muallim, muallif, tadbirkor va notiq. Stephen „Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi“ () nomli mashhur asarning muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari „First Things First“, „Principle-Centered Leadership“, „The 8th Habit: From Effectiveness to Greatness“ () hamda „The Leader In Me: How Schools and Parents Around the World Are Inspiring Greatness, One Child at a Time“ asarlarini yozgan. 1996-yilda Timeda Stivenning nomi 25 nafar nufuzli odamlar qatorida qayd etilgan. Vafotidan avval Utah Shtat Universitetining Jon M. Huntsman nomidagi biznes maktabida professor boʻlgan.

Yoshligi va taʼlimi Stephen 1932-yil 24-oktyabrda Utahning Salt Lake City shahrida Stephen Glenn Covey va Irene Louise Richards Coveylar oilasida dunyoga kelgan. Utah universitetining Biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr diplomini, Harvard maktabining (HBS) magistrlik diplomini hamda Brigham Young Universitetining diniy bilimlar doktori diplomlarini olgan. Shuningdek, Pi Kappa Alpha kolleji aʼzosi boʻlgan. Stephen 10 ta faxriy doktorlik unvonlari bilan taqdirlangan. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Tadbirkorlar Turkum:Notiqlar Turkum:Ingliz yozuvchilari