Canelones departamenti (talaffuzi:kaneˈlones) – Urugvay davlati departamentlaridan biri. Maydoni 4,536 km², aholisi esa 518,154 kishidan iborat. Urugvayning janubida joylashgan ushbu departamentning poytaxti Canelones shahridir.

Geografiyasi Canelones departamenti sharqda Maldonado va Lavalleja, shimolda Florida, gʻarbda San jose va janubda Montevideo departamentlari bilan oʻzaro chegaralarga ega. Janubiy chegaraning bir qismi Rio de la Plata bilan ham tutashgan. Canelones Montevideodan keyin mamlakatning ikkinchi eng kichik departamenti, ammo aholi soni boʻyicha Urugvayda ikkinchi oʻrinda turadi.

Ushbu departament biroz namroq boʻlgan mintaqada joylashgan boʻlib, oʻrtacha harorat mamlakatning qolgan qismlariga nisbatan past (taxminan 15 °C). Yogʻingarchilik darajasi esa yiliga oʻrtacha 2,000 mmni tashkil qiladi.

left|thumb|200x200px| Santa Lusiya daryosi.

Tarixi Canelones 1830-yilda tashkil etilgan dastlabki toʻqqizta departamentlardan biri. Hozirgacha uning chegaralari deyarli oʻzgarmadi. 

Iqtisodiyoti Qishloq xoʻjaligi Canelones iqtisodiyotiga asosiy hissa qoʻshadigan sohalardan biridir. Uzum yetishtirish keng tarqalgan va bu hudud Urugvayning rivojlanayotgan vino sanoatiga katta hissa qoʻshmoqda. Bundan tashqari, boshoqli don ekinlari, asosan makkajoʻxori, turli xil meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Turizm ham departamentga katta daromad keltradigan sohalardan biri hisoblanadi.

Aholisi 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda Canelones departamentida 520,187 aholi va 222,193 xonadonlar mavjud boʻlgan. Uy xoʻjaliklari oʻrtacha 2-3 kishidan iborat boʻlgan. Canelones departamentida 48,219 (9,3%) nafar qishloq aholisi borligi qayd etilgan.

Canelones departamenti uchun 2010-yildagi demografik maʼlumotlar:

Aholi oʻsish darajasi: 1095% Tugʻilish darajasi: 14,83 tugʻilish/1000 kishi Oʻlim darajasi: 8,45 oʻlim/1000 kishi Oʻrtacha yoshi: 32,9 (31,4 erkak, 34,3 ayol) Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish Umumiy aholisi: 76,37 yosh Erkak: 72,95 yosh Ayol: 80.00 yil Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 25,087 peso Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 10,015 peso

Shahar / QishloqAholi soniCiudad de la Costa113,257Las Piedras71,258Barros Blancos31,650Pando25,947La Paz20,524Canelones19,865Santa Lucía16,742Progreso16,244Villa Crespo y San Andrés9,813Colonia Nicolich9,624Fracc. Camino del Andaluz y R.849,295Salinas8,626Parque del Plata7,896San Ramón7,133Joaquín Suárez6,570Sauce6,132Atlántida5,562Tala5,089Neptunia4,774Pinamar – Pinepark4,724San Jacinto4,510Toledo4,397Shahar / QishloqAholi soniVilla Aeroparque4,307Empalme Olmos4,199Santa Rosa3,727Marindia3,543Las Toscas3,146Cerrillos2,508Estación Atlántida2,274Migues2,109San Bautista1,973San Luis1,878Dr. Francisco Soca1,797Montes1,760La Floresta1,595Fracc. sobre R.741,513San Antonio1,489Villa San José1,419Villa Felicidad1,344Estación La Floresta1,313Juanicó1,305City Golf1,104Aguas Corrientes1,047Shahar / QishloqAholi soniCosta Azul965Barrio Cópola826Lomas de Carrasco806Estanque de Pando770Jardines de Pando756Totoral del Sauce746Olmos662Seis Hermanos622Villa Argentina622Villa El Tato615Costa y Guillamón550Villa Paz S. A.542Cuchilla Alta527Castellanos520Villa Porvenir507Barrio La Lucha492 thumb| Canelones departamenti munitsipalitetlari koʻrsatilgan xarita.

Munitsipalitetlari 2010-yil 15-martda 18.653-sonli Ley qonuni bilan Canelones departamentida quyidagi munitsipalitetlar tashkil etildi: Manba: Intendencia Municipal de Canelones.

Munitsipalitet Aholi soni Aguas Corrientes 2,180 Atlántida 9,251 Barros Blancos 27,687 Canelones 27,338 Ciudad de la Costa 75,990 Colonia Nicolich 13,757 Empalme Olmos 6,747 Joaquín Suárez 16,135 La Floresta 6,561 La Paz 19,532

Munitsipalitet Aholi soni Las Piedras 74,436 Los Cerrillos 7,369 Migues 3,720 Montes 1,968 Pando 32,603 Parque del Plata 8,122 Paso Carrasco 22,688 Progreso 20,450 Salinas 17,997

Munitsipalitet Aholi soni San Antonio 3,552 San Bautista 4,045 San Jacinto 6,674 San Ramón 8,554 Santa Lucía 18,346 Santa Rosa 6,008 Sauce 14,815 Soca 3,829 Tala 9,499 Toledo 16,197

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayt Entsiklopediya Geografica del Uruguay – Canelones (Ispancha) INE Canelones xaritasi Canelones munitsipalitetlarining rasmiy xaritasi. Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, 16-jild „Kanelonlar“

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay departamentlari