Nesto Group International – Western International Group tomonidan tashkil etilgan xalqaro chakana savdo tarmogʻi. Nesto Hypermarket va Nesto Center kabi gipermarketlari bilan mashhur. Kompaniya BAAning Sharja shahrida joylashgan boʻlib, 1999-yilda Western International Group raisi K. P. Basher tomonidan tashkil etilgan. Nesto guruhining boshqaruvchi direktorlari Siddik Pallolathil va K. P. Jamol hisoblanadi.

Nesto Group Yaqin Sharq va Hindiston boʻylab jami 99 ta savdo nuqtalari, jumladan gipermarketlar, supermarketlar va doʻkonlarga ega. Ishchi kuchi turli millat vakillaridan iborat. Nesto Group tarkibidagi eng yirik gipermarket Dubayning Deyra shahrida joylashgan boʻlib, 350 000 kvadrat fut maydonni egallaydi.

Boʻlimlar Gipermarket va supermarketlari Nesto Group birinchi navbatda oʻzining gipermarketlari va supermarketlari, jumladan Nesto gipermarketi bilan mashhur. Ushbu boʻlinmalar oziq-ovqat, elektronika, kiyim-kechak va uy-roʻzgʻor buyumlari kabi keng turdagi mahsulotlarni taklif etadi.

24/7 doʻkonlar Katta gipermarket va supermarketlardan tashqari Nesto Group xaridorlar uchun qulay boʻlgan dam olish kunlariz tun-u kun ishlaydigan doʻkonlarga ham ega.

Nesto elektron tijorat (Nesto Online) „Nesto Online“ bu oziq-ovqat, goʻsht mahsulotlari va turli xil maishiy texnikalarni sotishga ixtisoslashgan internet platformasi.

Nesto xususiy brendi „Nesto Private Label“ Nesto Group tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlarning eksklyuziv assortimenti hisoblanib, ular oʻz brendi ostida yaratiladigan va sotiladigan 100 dan ortiq noyob mahsulotlarni oʻz ichiga oladi.

Operatsion mamlakatlar + Mamlakat Doʻkonlar soni Birlashgan Arab Amirliklari 46 Saudiya Arabistoni 16 Bahrayn 11 Quvayt 14 Ummon 14 Hindiston 6

Manbalar

Turkum:Shirkatlar Turkum:Chakana savdo kompaniyalari