Florida (ispancha talaffuzi: [floˈɾiða]) – Urugvay davlatining departamentlaridan biri. Departamentning poytaxti Florida shahri hisoblanadi. Boʻlinma mamlakat markazidan biroz janubda joylashgan boʻlib, shimolda Durazno departamenti, sharqda Treinta y Tres va Lavalleja departamentlari, janubda Canelones departamenti va gʻarbda Flores hamda San José departamentlari bilan oʻzaro chegaralarga ega.
Tarixi
Florida departamenti 1856-yil 10-iyulda San Jose departamentidan ajralib chiqqan. 1760-yilda hozirgi departament hududida Fortin del Pintado qal’asi bunyod etilgan. 1809-yilda esa Villa de San Fernando de la Florida shahri tashkil etilgan. Urugvay mustaqilligi voqealari paytida bu shaharchada vaqtinchalik hukumat tuzilgan va 1825-yil 25-avgustga kelib Florida Kongresi departament toʻgrisidagi yangi uchta asosiy qonunni eʼlon qilgan.
Geografiyasi Departamentning shimoldagi Durazno departamenti bilan chegarasining asosiy qismi Yí daryosi orqali oʻtadi. Daryoning Arroyo del Peskado, Arroyo Molles del Peskado, Arroyo Illeskas, Arroyo sousi, Arroyo Mansavillagra, Arroyo Timote, Arroyo Molles del Timote, Arroyo de Kastro, Arroyo Sarandi va Arroyo sousi de Villaneu kabi koʻplab irmoqlari mamlakatning shimoliy qismini suv bilan taʼminlab turadi.
Aholisi
2011-yilda boʻlib oʻtgan aholini roʻyxatga olish jarayonida Florida departamentida 67,048 (32,953 erkak va 34,095 ayol) nafar aholi va 29,437 ta xonadon borligi qayd etilgan. Florida departamentining 9,101 nafar aholisi qishloq hududlarida yashaydi.
2010-yilda boʻlib oʻtgan statistika ishlarida qayd etilgan Florida departamentining demografik koʻrsatkichlari:
Aholi oʻsish sur’ati: 0.431% Tugʻilish darajasi: 13.92 tugʻilish/1000 kishi Oʻlim darajasi: 9.56 oʻlim/1000 kishi Oʻrtacha yoshi: 33.5 (32.4 erkaklar, 34.6 ayollar) Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish: Umumiy aholi uchun: 77.43 yosh Erkaklar uchun: 74.28 yosh Ayollar uchun: 80.91 yosh Bir xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 21,978 peso Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 9,039 peso
Asosiy shahar va qishloqlar Boshqa shahar va qishloqlar 2011-yilgi maʼlumotlarga asoslangan. Shahar / Qishloq Aholi soni Florida 33,639 Sarandí Grande 6,130 Casupá 2,402 Fray Marcos 2,398 Veinticinco de Mayo 1,852 Veinticinco de Agosto 1,849 Alejandro Gallinal 1,357 Cardal 1,202 Nico Pérez 1,030 Shahar / Qishloq Aholi soni Capilla del Sauce 835 Mendoza Chico 810 La Cruz 747 Mendoza 730 Chamizo 540 Cerro Chato 409 Independencia 396
Manbalar
Havolalar photo impressions of Florida Department INE map of Florida Department Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.6 „Florida“
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay departamentlari