Mercedes (ispancha talaffuzi:meɾˈseðes) – Urugvaydagi Soriano departamentining markazi va eng yirik shahri. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda aholi soni boʻyicha oʻninchi oʻrinda turadi.
Mercedes shahri turizm, savdo va savdo portining muhim markazi hisoblanadi. Uning asosiy tarmoqlari qishloq xoʻjaligi, sut mahsulotlari, qogʻoz ishlab chiqarish va sanoat faoliyatiga toʻgʻri keladi.
Tarixi Mercedes shahriga 1788-yilda ruhoniy Manuel Antonio de Castro y Careaga tomonidan Capilla Nueva de las Mersedes nomi bilan asos solingan. 1857-yil 6-iyulda uning maqomi shahar darajasiga koʻtarilgan va 531-sonli qonun akti bilan oʻsha paytdagi toʻqqizta departamentlardan biri boʻlgan Soriano departamentining poytaxti etib belgilangan.
Aholisi 2011-yilda shahar aholisi 41,974 kishidan iborat boʻlgan. Yil Aholi soni 1908 15,667 1963 31,325 1975 34,518 1985 36,701 1996 39,320 2004 42,032 2011 41,174 Manba: Urugvay Milliy universiteti.
Iqlimi
Sporti Mercedes shahri 1967-yilda boʻlib oʻtgan basketbol boʻyicha jahon chempionating rasmiy mezbonlaridan biri hisoblanadi.
Mashhur shaxslari Ricardo Paseyro (1925–2009), diplomat va shoir.
Manbalar
Havolalar INE map of Mercedes
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay geografiyasi Turkum:Urugvay shaharlari