Qora Issiq Xoqon ( Qora Xoqon, xitoycha:乙息记) — Bumin Xoqonning oʻgʻli va ikkinchi Koʻkurk xoqoni Бичурин. Собрание сведений…. Umumiy maʼlumotlar 552-yilda Bumin vafot etdi. Uning katta (boshqa maʼlumotlarga koʻra oʻrta) oʻgʻli Qora Issiqxon nomi bilan xoqon boʻldi. U bir yildan kamroq vaqt hukmronlik qildi, ammo Rouranlar bilan urushda zafar qozondi. U Layshan togʻining shimolida joylashgan Voye hududida boʻlib oʻtgan jangda Yujiuli Deng Shuzi (oxirgi Rouran xoqoni) ustidan gʻalaba qozondi. U jangda 50 000 dan ortiq otni oʻlja qilib oldi. Qora Issiqxon Rouranlar ustidan qozongan gʻalabasidan tashqari, Oʻrxunning yuqori oqimidagi Bukrat (Mula) togʻlarida avarlarni magʻlub etdi. 553-yilda u sirli sharoitda vafot etgan. Uning oʻgʻli va vorisi Shetu taxt uchun urushlarda maxrum boʻldi. Taxtga esa Muqanxon unvoni bilan Qora Issiqxonning ukasi Kushu oʻtirdi Кара-каган // Казахстан. Национальная энциклопедия. — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2005. — Т. III. — ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0). Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Qora Issiq Xoqon · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.