Dennis Kruppke (1980-yil 1-aprelda tugʻilgan) – nemis sobiq professional futbolchisi, yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynagan.

Faoliyati Kruppke Myunsterda tugʻilgan. U 2003-yilda VfB Lyubeckdan Bundesliganing SC Freiburg jamoasiga kelib qoʻshilgan. U Germaniya birinchi ligasida 2003-yil 2-avgustida Bayer Leverkuzenga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2007-yilning yanvarida u olti oylik ijara uchun Lyubekga qaytdi. Bu ijaradan soʻng u yana „Frayburg“da oʻynadi, biroq 2008-yilning yanvarida Braunshveygning Eintracht klubiga oʻtdi. 2011-yilda 2.Bundesligaga va 2013-yilda Bundesligaga koʻtarildi. Braunshveygdagi sakkiz mavsumdan soʻng u tizzasidan olgan jarohati tufayli 2014-15-yilgi mavsum oxirida nafaqaga chiqdi.

Yutuqlari Shimoliy Germaniyada yilning eng yaxshi sportchisi (Nordsportler des Jahres): 2012 yil

Manbalar